LITOSFERA yerning qattiq qobig’i yunoncha “litos” tosh , “sphaira” shar yani tosh qoboq degan ma’noni anglatadi.Litosferaga yer po’sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi.
YADRO yerning markaziy qismi uning diametri 7000 km ga yaqin.
MANTIYA yadroni o’rab turadigan tashqi qobig’i uning qalinligi 2900 km ga teng.
Mantiyani esa yer po’sti qoplagan .U yer qobiqlaridan eng qattig’I bo’lib qalinligi okianlar tagida 5 km dan baland tog’lar tagida esa 80 km gacha etadi.Olimlarning tahmin qilishicha mantiya magni ,temir va qo’rg’oshindan iborat.
Yerning ichki qismida bo’ladigan jarayonlar ENDOGEN JARAYONLAR deb ataladi. Endogen geologik jarayonlar magmatizm, metamorfizm va yer po’stining deformatsiyasi ko’rinishida namayon bo’ladi. Ular ta’sirida yerdagi materiya qayta taqsimlanadi, foydali qazilma konlari vujudga keladi, zilzila va vulqon harakatlari ro’y beradi. Endogen jarayonlar natijasida tog’lar va vodiylar yuzaga keladi, bu esa Yer po’stining kimyoviy tarkibini va Yerning shaklining o’zgarishiga olib keladi.
Magatik tog’ jinslari magma hisobiga hosil bo’ladi. “MAGMA” qadimiy yunon so’zi bo’lib, xamr ma’nosini bildiradi. Magma tabiiy eritma sifatida yer qobig’ida vujudga keladi. Magmatik tog’ jinslari hosil bo’lishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi:
INRUZIV jinslari yer qobig’ida (yer yuzasiga chiqmasdan) hosil bo’ladilar. Ular to’liq kristallangan bo’lib, yuqori bosim ostida magmani asta-sekin sovushi jarayonida hosil bo’ladi
EFFUZIV jinslari lavani yer yuzasiga chiqishi hisobiga hosil bo’ladilar. Ular yopishqoq lavani siqib chiqarilishining mahsulidir. Lavaning yer yuzida tez sovishi natijasida to’liq kristallanmagan va shishasimon tog’ jinslari hosil bo’ladi.
Ohaktoshlar — karbonatli choʻkindi togʻ jinslari Koʻmir — yonuvchi organik togʻ jinslariga mansub modda Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar.