6
v) o’chirish;
g) chizib bo’linmagan ob’ektlar, detallar va figuralarga qaytish;
d) pauzalar;
e) spontan izohlar.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, 38%ga yaqin bolalar birinchi bo’lib onalarini,
35%i o’zlarini, 17 %i
otalarini, 8%i esa aka-uka, opa - singillarini chizadilar.
Himoya qilishda eng muhimidan boshlanadiganidek, bolalar rasmda birinchi bo’lib
eng ahamiyatli, muhim yoki emotsional jihatdan yaqin odamini aks ettiradi. Bu shu
bilan izohlanishi mumkinki, ona oilada muhim funktsiyalarii bajaradi, bolalar bilan
ko’p vaqt birga bo’ladi, ularga boshqalarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratadi.
O’zlarini birinchi bo’lib tasvirlash bolalarga xos bo’lgan
yosh xususiyati -
egotsentrizm bilan bog’liq.
Agar rasm onasi yoki o’zidan emas, balki boshqa bir oila a’zosidan boshlansa,
bunga ahamiyat qaratish zarur. Chunki bu shaxs ko’pincha bola uchun qadrli bo’lib,
unga bog’langan bo’ladi.
Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning
unga nisbatan negativ
munosabatini bildiradi.
Oila a’zolarini chizishdagi ketma-ketlik tahlili figuralar grafik tasviri
xususiyatlari tahlili bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma’lumotlar olish
mumkin. Agar birinchi tasvirlangan
figura hajm jihatidan katta, biroq sxematik
tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi
ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning unga nisbatan hissiyotlari ijobiy
emas. Ko’pincha bolalar oila rasmini chizish vazifasini olgach, oila a’zolarini chiza
boshlaydilar. Ba’zi bolalar esa, avval turli ob’ektlarni, quyosh, mebel rasmini chizib,
keyin odamlarni tasvirlashga ki- rishadilar. Bu - o’ziga
xos himoya reaktsiyasi
bo’lib, bola o’ziga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. Ko’pincha bu
noqulay oilaviy vaziyat, yomon munosabatlar, shuningdek, ba’zida psixolog bilan
bolaning aloqasi yomon bo’lganida kuzatiladi.
Oila a’zolari rasmi chizib bo’lingach unga yana qaytish bola uchun uning
ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Muayyan detallar, oila a’zolarini chizishdan oldingi pauza nizoli vaziyat bilan
bogliq hamda motivlar ichki dissonansining tashqi ifodalanishi hisoblanadi.
Ongsizlik darajasida bola negativ emotsiyalar bilan bog’langan shaxs yoki detalni
chizish chizmaslikni hal qiladi.
Chizilgan rasmni, detalni o’chirish, uni qayta chizish - shu oila a’zosiga
nisbatan negativ yoki ijobiy munosabat ifodasi bo’lishi mumkin.
Bunda rasm
chizishning natijasi muhimdir. Agar o’chirish, qayta chizish yaxshi tomonga
o’zgarmagan bo’lsa, bolaning shu kishiga nisbatan nizoli munosabati haqida fikr
yuritish mumkin.
7
Spontan izohlar ko’pincha rasm mazmunining
bola uchun ahamiyatini
anglatishi mumkin. Shuning uchun bu izohlarni diqqat bilan eshitish lozim.