4
Rasmda oila a’zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik
mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi.
Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili
Oila a’zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a’zosiga
nisbatan emotsional munosabatini, bola uni kanday idrok etishi, bolaning «Men -
obrazi», uning jinsiy identifikatsiyasi kabi keng qamrovli ma’lumotlar
berishi
mumkin. Bolaning oila a’zolariga emotsional munosabatini baholashda
quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:
1)
tana detallari miqdori: bosh, soch, kuloqlar, ko’zlar, ko’z qorachig’i,
kipriklar, qosh, burun, yuz, og’iz, bo’yin, elka, qo’llar, kaft, barmoqlar, oyoq,
tovonning mavjudligi;
2)
kiyim detallari va bezaklar:
bosh kiyimi, yoqa, galstuk, bant, cho’ntak,
kamar, tugmacha, soch turmak elementlari, kiyimning murakkabligi, bezaklar;
3)
figurani chizishda qo’llanilgan ranglar miqdori.
Odatda insonga bo’lgan ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda
ijobiy (pozitiv) kontsentratsiyada namoyon bo’ladi, ya’ni tana detallarining miqdori,
kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar ko’llanilishida ifodalanadi. Va
aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba’zida tananing muhim
qismlari (bosh, oyoq, qo’l) tushib qoldirilishida ham aks etadi. Odatda, bolalar ota
yoki onasini ko’rinishini kattalashtirib chizishadi. Bu haqiqatga yaqin. Ba’zida esa,
chizilgan figuraning munosabati oila a’zolari real munosabatlariga mos kelmaydi,
masalan, 7 yoshli bola o’z ota-onalaridan balandroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola
uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo’lib
xizmat qilishidan dalolat beradi.
Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu
oilada ona avtoritar boshliq bo’lib, dominantlik qiladi.
Ba’zi bolalar o’zlarini hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib
chizadilar.
Bu esa bir tomondan, bola egotsentrizmi sababli, ikkinchi tomondan,
qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga «raqobatchi» ekanligini ta’kidlash maqsadida
qilinadi. Shu bilan birga «raqibini» kichraytirish yoki umuman chizmaslik hollari
ham uchrashi mumkin.
O’zlarini ahamiyatsiz, ortiqcha deb his qiluvchi hamda ota-onalari tomonidan
mehribonchilik, g’amxo’rlik talab qiluvchi bolalar o’zlarini boshqa oila a’zolariga
nisbatan ancha kichik xajmda tasvirlaydilar.
Shuningdek, impulsiv o’ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o’zlarini juda
katta, hatto butun daraxt hajmida tasvirlasalar,
xavotirlanish, himoyasizlik hissi
mavjud bolalar o’zlarini haddan tashqari kichik qilib chizadilar.
Oila a’zolarining xususiyatlarini tahlil qilishda tananing har bir qismlari
tasviriga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayyan
5
faollik sohasi bilan boglangan bo’lib muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo’lib
xizmat qiladi.
Qo’llar dunyoga ta’sir etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat
qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo’llarini baland ko’targan holda tasvirlagan
bo’lsa, barmoqlari uzun bo’lsa, bu ko’pincha uning agressiv istaklari bilan
bog’langan bo’ladi. Ba’zida tashqi ko’rinishdan yovvoyi ko’ringan
bolalar ham
shunday rasm chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his
qiladilar, ammo uning agressiv xulq-atvori bosilgan. Bu shuningdek, o’z zaifligini
kompensatsiya qilish, kuchli bo’lish istagi, hukmronlik xohishidan ham darak
berishi mumkin. Agar bola «agressiv» qo’llar bilan bir qatorda keng elka va shunga
o’xshash mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa,
bu tavsif yanada
ishonchli bo’ladi.
Ba’zida bola barcha oila a’zolariga qo’l chizadi, o’ziga esa chizishni «unutadi».
Agar bunda bola o’zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa - bu kuchsizlik,
oiladagi o’zining ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni hadtsan ziyod nazorat qilishi,
uning faolligini bo’g’ishi hissidan darak beradi.
Bosh - «Men» lokalizatsiyasi, intellektual va pertseptiv faoliyat markazi.
Yuz - tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.
3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’zi qismlarini chiza
boshlaydilar.
Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari - ko’z,
og’izni tushirib koldirsalar, bu mulokat sohasidagi jiddiy
buzilishlardan dalolat
beradi.
Agar boshqa oila a’zolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki
yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar
mavjudligini ko’rsatadi.
Qizlar o’gil bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko’proq e’tibor beradilar, ular
ko’proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya).
Tish va og’izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola
o’zini emas, oila a’zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko’pincha, bu odamning
bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo’rquv hissi bilan
bog’langan bo’ladi.
Shunday
qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan
odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3,5 yoshli bolalar bosh va oyoq
bilan chegaralansalar, 7 yoshda tana sxemasi boy, unda detallar ko’p bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: