Oila – ma’naviy va mafkuraviy tarbiya maskani. Yosh oila himoyaga muhtojmi yoki paternalizmning mohiyati. Yosh oila salomatligi omillari


Yosh oila salomatligining omillari



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə5/9
tarix26.09.2023
ölçüsü46,4 Kb.
#149263
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila – ma’naviy va mafkuraviy tarbiya maskani. Yosh oila himoyag

3. Yosh oila salomatligining omillari.


Yosh oilaning mustaxkamligi, undagi ma’naviy muhitning barqarorligi yoshlarning salomatligiga, sog’lom turmush tarzi malakalariga ega ekanligiga ham bog’liq. Bunda ota-onaning, yaqin qarindosh-urug’larning umuman sog’lom turmush tarzi saqidagi tasavvurlari qanchalik aniq va ularning kundalik turmushda salomatlikni asrash ko’nikmalariga ega ekanliklari katta ahamiyat kasb etadi. Gap eng katta boyligimiz – salomatlik haqida borar ekan, qulog’imizga teztez chalinayotgan “sog’lom turmush tarzi” tushunchasining o’zi hususida olimlar fikrlarini tahlil etish lozim. Olimlar hamda mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, sog’lom turmush tarzining beshta asosiy sharti bo’lib, bular eng avvalo to’g’ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan saqlanish, mehnat qilish va faol dam olishni to’g’ri tashkillashtirish hamda gigienik ko’nikmalarga amal qilishdir. Butun Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ma’lumotlariga ko’ra, aholining salomatligi darajasi o’ta muhim ko’rsatgich bo’lib, u 15-25% ga u yoki bu mamlakatdagi sog’liqni saqlash tizimining faoliyatiga, 15-25% - tashqi bizni o’rab turgan muhitga va 50% - sog’lom turmush tarziga ega ekan.
Sog’lom turmush tarziga amal qilgan insonning salomatligi shubhasiz o’z qo’lida bo’ladi. Lekin ko’pincha bu shartlarga amal qilish yoshlarga erish tuyuladi.
Hozirgi kunda ko’pchilik o’rtasida uchrayotgan kasalliklar va bevaqt o’limning asosiy sabablaridan biri oila a’zolarining sog’lom bo’lish uchun o’zlari harakat qilmayotganliklari, hali ham biron bir mo’jizaviy hayot baxsh etuvchi dori yoki shifokor bo’lishga ishonib yashayotganliklaridadir. Albatta, zamonaviy tibbiyot fani O’zbekistonda ham rivojlanib ketdi, tibbiyot hodimlari orasida o’z kasbining ustasi bo’lgan oliyjanob insonlar ham ko’p. Lekin agar inson o’z turmush tarzini ongli tashkil etib, kasal bo’lib qolganda ham unga qarshi shifokor bilan tengmateng ongli ravishda kurashmasa, dardni yengish mushkul bo’lishini bugun ko’pchilik yahshi biladi.
Lekin yoshlar o’rtasida shu oddiy haqiqatni bilmaganlar ham ko’p. Salomatlikni o’z vaqtida o’z uyimiz, o’zimiz o’rganib qolgan muhitda saqlay olmaganligimizning , farzandlarimizni ilk yoshligidan sog’lom turmush tarzi ko’nikmalariga o’rgatmaganligimizni sabablari ham bor. Buning obektiv sabablaridan biri sobiq sovet davrida tibbiy xizmatning bepulligi, tibbiyot xodimlari malakasiga nisbatan talabchanlikning past bo’lganligidir. Bu siyosat eski tuzumning boshlang’ich davrlarida aholi o’rtasida uchragan ko’pgina kasalliklarni kamaytirishga xizmat qilgan bo’lsada, shu bilan birga, bunday siyosat kishilarda o’z sog’liqlariga befarqlik, baqimandalik kayfiyatini ham shakllantirdi. Yana bitta sabablaridan biri uzoq yillar mobaynida kasallikni sababi bilan emas, uning oqibati bilan kurashib kelindi. Natijada kasalxonalar qurish, ularda koykalar soni oshirishga ko’proq e’tibor berilib, targ’ibot sohasiga ikkinchi darajali sifatida qaraldi. Oqibatda aholi orasida tibbiy madaniyatning pastligi tufayli kasallanishning ko’payib borishi davom etdi. Bu o’z-o’zidan ma’lumki, har bir oilaning byudjetiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Shuni alohida ma’suliyat bilan ta’kidlash joizki, davlatimiz asosini tashkil etgan yosh oilalar ravnaqi kelajagimiz poydevorini sog’lomlashtirish uchun targ’ibotni eng avvalo oiladan, qolaversa, barchamiz uchun “vatan ichra vatan bo’lgan” mahalladan boshlash kerak. Chunki, sog’lom turmushi tarzini oilada to’g’ri yo’lga qo’ysak, shu oila azosi salomatlik eng birinchi darajali ekanligini tushunib yetadi.
Bir oila tushunib yetgan narsani shu oilaning boshqa yaqinlari – qarindoshurug’lar, keyinchalik yoru birodarlar, nihoyat qo’ni-qo’shnilar tushunib yetadi. Salomatlik – bu nafaqat sog’-salomat yurish degani, balki uzoq umr ko’rish garovi hamdir. Tug’ilish, o’sib ulg’ayish, voyaga yetib shaxsiy va umuminsoniy manfaatlar yo’lida ko’rsatish, qarish-qartayish va o’lim – bular inson hayot yo’lining qonuniy bekatlaridir. Bu hayot uchun kurash – salomotlik uchun kurash ekanligini anglashni taqazo etadi.
Demak, sog’lom turmush tarzi bu – har bir insonnong ma’naviy, ruhiy va jismoniy xususiyatlarga ega bo’lishga harakat qilishidir. Agar inson o’z hayotini faol harakatlanish rejimiga sola olsa, kun tartibini ongli belgilay olsa, ovqatlanish, mehnat qilish yoki dam oilsh tartibini to’g’ri tashkil eta olsa, gigiena qoidalariga rioya qilgan holda zararli odatlardan o’zini tiya olsa, atrof-muhitga ehtiyotlik va sarishtalik bilan qarab, oilada va yonidagi qo’ni-qo’shni, yaqin qarindoshlar bilan tinch-totuv tashashga imkon beruvchi muomala madaniyatiga ega bo’lsa va sog’lom farzandning tug’ilishiga eng avvalo o’zi mas’ul ekanligini tushunsa, unda sog’lom turmush tarzi haqida tasavvurlar mavjud, deyish mumkin.
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi olimlari 2000-yillarning boshida O’zbekiston hududidagi qishloq oilalari a’zolarining sog’lom turmush tarzi borasidagi savodxonligini maxsus tadqiqod doirasida o’rgandi. Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi 600 dan ziyod xotin-qizlar bilan suhbat va so’rovlar o’tkazildi. So’raluvchilarning aksariyati tug’ish yoshidagi ayollar bo’lib, ularning fikrlarini umumlashtirib tahlil qilinganda, oilali ayollarning 21%i va erkaklarning 9,9% surunkali kasalliklarga chalingan ekan. So’raluvchilardan 53,3%i faqat kasal bo’lgandagina vrachga murojaat qiladi, qolganlari vaqti-vaqti bilan murojaat qiluvchilardir. Demak, ko’pchilik betob bo’lib qolgandagina vrachga murojaat qiladi, hattoki, kasal o’tib ketgandan keyin vaqt topadiganlar ham kam emas.
Shu bois ham, sog’lom turmush tarzi kategoriyasi ko’proq ijtimoiy kategoriya bo’lgani Markaz olimlari so’raluvchilarning tibbiy-gigienik ma’lumoti darajasini o’rgandilar. Masalan, “O’z farzandlaringiz bilan tibbiy-gigienik mavzuda suhbatlashib turasizmi?”degan savolga barcha so’raluvchilarning 62,6% ijobiy javob bergan bo’lsalar, umuman gaplashmaydiganlar 19,8%ni tashkil etdi. Bu o’ylantiradigan holat, albatta. Lekin tibbiy bilimning zaruratini anglaydiganlar qishloq aholisi o’rtasida ortib bormoqda. Masalan, so’raganlarimizning 82% “Har bir kishi tibbiy bilimga ega bo’lishi kerak” deb hisoblaydi. Shunisi e’tiborga molikki, o’rganilgan guruxdagilarning 87,7% da birinchi farzandlari qolgan keyingilariga nisbatan ko’proq hastalangan. Demak, yosh ona bolasini parvarish etish malakasiga, tajribasiga ega bo’lmaganidan tez-tez kasal qilib qo’yadi. Aynan o’shalar tibbiy savodxonlikka muxtojdir.
Albatta, sog’lom turmush tarzi tushunchasi har bir insonda o’ziga hos tarzda shakllanar ekan. Respondentlarga “Sog’lom turmush tarzini qanday tushunasiz?” deb savol bilan murojaat qilinganda, ko’pchilik, Ya’ni so’ralganlarning salkam 41%i uni “atrof-turmush tarzini tozaligi” bilan, 37,3%i “to’g’ri, to’yimli ovqatlanish” bilan, qolganlash – “o’z vaqtida uxlash”, “sport bilan shug’ullanish” (28,4%) “chekmaslik, ichmaslik” kabilar bilan bog’lashdi.
Oiladagi ma’naviy sog’lom muhitni ham ota, ham onalik bog’liq. Bola tarbiyasida ota va onaning birga va har birining o’ziga xos alohida o’rni mavjud. Shu tufayli biz o’rgangan oilalarda bola tarbiyasida ota-onalarning o’rnini aniqlash maqsadida “Oilada farzandlar tarbiyasi bilan kim ko’proq shug’ullanadi” degan savolga javob axtardik. Olingan ma’lumotlar taxlili quyidagi jadvalda o’z aksini topdi.
Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy, ahloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog’lom bo’lishi uchun doimo qayg’urishimiz, kurashmog’imiz zarur” deb bejiz aytmaganlar. Farzandlari yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish uchun ota-ona ma’suliyatni his etishi lozim. Farzand bir novda, uni shamol qayerga bursa shu tomonga egiladi. Ota-ona shu novdaga himoyachi bo’lib uni to’g’ri unibo’sishiga ko’mak berishi darkor.
Shu maqsadlardan kelib chaqib, joylarda ota-onalarning farzandiga nisbatan mas’uliyati qay darajada ekanligini o’rgandik. Tadqiqot davomida o’tkazilgan ma’rifiy uchrashuv va tadbirlar, sotsiologik so’rov natijalaridan shu narsa aniq bo’ldiki, hali ayrim ota-onalar bolalar tarbiyasi va ularning kelajagi haqida zamon talabi darajasida tarbiyaviy mas’uliyatni his qilmayapdilar. Ota-onalar bilan o’tkazilgan suhbatlarda ular farzand tarbiyasiga kun davomida yetarli vaqt ajratmasligi, hali ham maktabdagi ota-onalar majlisiga to’laqonli qatnashmasligi, tarbiya masalalarida bir muncha muammo va uquvsizligi mavjudligini ko’rsatdi. Olingan empirik ma’lumotlarga ko’ra, ota-onalarning 38,7 foizi kuniga farzand tarbiyasi uchun 3 soat, 47,4 foizi 1-2 soat vaqt ajratishlari aniqlandi. Suhbatlardan shu narsa ayon bo’ldiki, shu qisqa vaqtda ham ta’lim-tarbiya, ahloq-odob mavzularga yetarlicha e’tibor qaratilmaydi. Eng achinarlisi shuki, ayrim ota-onalar (7,9%) kun davomida farzandi uchun atigi yarim soatgacha vaqt ajratar ekan. Otaonalarning 6,0 foizi esa farzand tarbiyasiga umuman e’tibor bermasligi aniqlandi.
Zero, oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo’lgan barsha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Bola tarbiyasi keng qamrovli, uzoq davom etadigan murakkab jarajon bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ayniqsa bolalarni bekor qo’ymaslik, ularga vaqtni foydali o’tkazish va qadriga yetishni o’rganish tarbiyaning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot ota-onalarning 65,2 foizi bugungi kunda tarbiya masalasiga to’g’ri yondashishi, oila tarbiyasida kerakli usullardan foydalanishini ta’kidlagan bo’lsa, respondentlarning 18,6 foizi esa oila tarbiyasida bilimlari unchalik yetarli emasligini, farzandiga vaqti kelganda to’g’ri va kerakli maslahat va yo’nalishlarni bera olmasligini bildirgan. Ota-onalarning 16,2 foizi esa farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor bermagani ularning “Farzandimga to’g’ri tarbiya berish masalasini o’ylab ko’rmaganman” degan javoblaridan ham anglab olish qiyin emas. Demak, tadqiqotda qatnashgan ota-onalarning 34,8 foizi oilada eng muhim hisoblangan farzand tarbiyasi masalalarida zarur bo’lgan bilim va o’quvlari yetarlicha emas, degan xulosaga kelish mumkin. Ayniqsa, bu muammo Namangan viloyati ota-onalarida boshqa hududlarga nisbatan ko’proqni tashkil etdi. Ularning 46,6 foizi oila tarbiyasi masalalaridagi bilimlari bir muncha past va kezi kelganda yetishmasligini bildirdilar.
Tadqiqotdan oilngan natijalar shuni ko’rsatdiki, 41,1 foiz respondendlar maktabda o’qiydigan farzandining tarbiyasi ota-onalar zimmasida to’liq ekanligini bildirdilar. Ayniqsa, Namanganlik ota-onalarning 67,5 foizi bu fikrni ta’kidladilar.
Toshkent shahrining 55,0 foiz ota-onalari esa maktabda o’qiydigan farzandining tarbiyasida oila, maktab mahalla hamkorligi zarurligi va faqat ular birgalikda komil insonni tarbiyalashlari mumkin degan fikrni bildirganlar. Shuni ham ta’kidlash joizki, bunday hamkorlik tadqiqod davomida Namangan viloyatida yetarli darajada emasligi tadqiqot davomida aniqlandi. Bu hududda atigi 16,3 foiz holatga oila, maktab, mahalla hamkorligi aks ettirilgan. Vaholanki, ta’lim tarbiya masalasi murakkab, keng ko’lamli masalalaridan biridir. Bunday ulkan, ma’suliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish “Oila – mahalla – maktab” konsepsiyaning asosiy maqsadi deb belgilangan.
Oiladagi bunday muhit farzand ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, oiladan uzoqlashishga , hayotidagi ko’p holatlarni, quvonch va tashvishlarini oilasidan, ota-onasidan sir tutishga harakat qiladi, muammolarni hal qilish uchun begonalarga murojaat etishni afzal deb biladi. Bunday oilalardagi farzandlarda nobop yo’llarga kirib ketishi, jinoyatchilikka moyilligi borligi kuzatiladi.
Demak, mustaqillik tamoyillari va ahloqiy me’yorlar asosida rivojlanib borayotgan oilalarning eng muhim vazifalari deb hisoblangan – sog’lom turmush tarzi va ahloqiy munosabat madaniyatini, oila azolari o’rtasida ochiq ko’ngilligik, hushfe’llik, rostgo’ylik, muruvvat, oriyat, pok-halollik, iboyu-latofat, iffatunazokat, kamtarlik, bosiqlik kabi hislatlarni kundalik ahloq me’yoriga aylantirish lozim. Allomalarimiz ta’kidlaganlaridek, inson oila, jamiyatda komillik va mukammal ahloqiy fazilatlarga faqat yahshi aql, yahshi xulq, yahshi bilim, yahshi so’z va yahshi niyatlar uyg’unlashishi orqali erishadi. Uni ahloqiy burch, ijtimoiy majburiyat, ichki e’tiqodga aylantirsak, fazilatlar hayot qoidasi, faoliyati va munosabatlar mezoni bo’lib xizmat qiladi. Chunki burchni anglash, vijdonni pok tutish, oriyatga amal qilish, qadr-qimmat, oila sha’ni-obro’sini saqlash kabi histuyg’ularni uyg’otadi.
Mustaqil yurtimizda keng quloch yozayotgan bolalar sportini rivojlantirish, oilaviy sportni milliy mentalitetimiz xususiyatlariga mos tarzda hayotga joriy etish, mustahkam oilada sog’lom turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bo’lib, yurtimizda tinchlik, totuvlik hamda rivojlanishga, yosh oilalarning mustahkamligiga hissa bo’ladi. Bunda mamlakatimizda amalgam oshirilayotgan qator hayrli tadbirlar, jumladan nikoholdi tibbiy ko’rikdan kelin va kuyovlarni o’tkazish amaliyoti o’zining juda katta ijobiy samarasini berishi tabiiy.

  1. Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ularda orasta, shinam uy tutish, farzand tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish uchun “Yoshlar sog’lom turmush tarzini tanlaydi” shiori ostida o’tkaziladigan tadbirlar ta’sirchanligini oshirish, “Giyohvandlikka – qarshimiz, sog’lom turmush tarzi – tarafdorimiz!” mavzusidagi yoshlar festivalini yuqori saviyada tashkil etish va uning davomiyligini ta’minlash,

“Eng namunali yosh oila”, “Yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab quvvatlaydigan eng namunali mahalla” Respublika ko’rik-tanlovlarini tantanavor o’tkazish va OAV orqali targ’ib etish, ushbu tanlov va tadbirlarni har bir mahalla, tuman va shaharchalar kesimida ommaviy tarzda o’tkazilishiga barcha jamoatchilikni jalb etish lozim.

  1. Yoshlarni o’zi qurgan yangi oilasi uchun g’urur va ma’suliyat hissini, otaonaga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, xalqimizning boqiy ma’naviy qadriyatlariga hurmat ruhida, bola tarbiyalashga intilish tuyg’ulari kabi fazilatlarni shakllantirish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy, targ’ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda o’tkazilishiga erishish, unga yoshlarning o’zlarini faol jalb etish.

  2. Yosh oila vakillarida zamonaviy turmush madaniyati ko’nikmalarini shakllantirish, zamonaviy oila yuritish, bola tarbiyasi ilmini egallashlarini tashkil etish uchun mahallalarda “Yosh oila maktabi”, “Ota-onalar universiteti”, “Yakshanba maktabi” kabi jamoatchilik markazlari va o’quv kurslari faoliyatini shakllantirish va takomillashtirish, ular faoiliyatini “mahalla” jamg’armasi va xokimliklar tomonidan imkon qadar qo’llab quvvatlashlariga erishish.

  3. Oilali talabalarni moddiy va ma’naviy qo’llab quvvatlash, ularni tibbiy va jismoniy, ruhiy salomatligini muhofaza qilish maqsadida barcha oliy o’quv yurtlari hududlaridagi oilaviy turar joylarda salomatlik markazlari, yoshlar klublarida psixolog xizmatlarini tashkil etish lozim, buning uchun barsha imkoniyatlarni yaratish, mablag’ zahirani shakllantirish.

  4. O’rta maktablar, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Sog’lom oila sohibi” turkumida onalar va yoshlar uchun o’quv seminarlari qayerda tashkil etilgan bo’lsa, o’z samarasini bermoqda, shundan kelib chiqib, ularning ko’lamini yanada kengaytirish lozim.

  5. Yosh oilasi bor xonadonlardagi individual mehnat faoiliyati va fermerlikka asoslangan oilaviy biznesni rivojlantirishga ko’mak beruvchi davlat kafolatlarini takomollashtirish lozimki, bunda har bir xududning real imkoniyatlari, ishlab chiqarish va samarali biznesini o’rganish kerak. Bu ishni ham xokimliklar qoshidagi analitik-taxlil bo’limlari xotin-qizlar qo’mitalari, “Kamolot” YoIX bilan hamkorlikda amalgam oshirsalar maqsadga muvofiq bo’ladi.

  6. Xonadonlarda o’tkaziladigan tekshiruvlarning samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlarining eng birinchi navbatda fertil yoshdagi yosh onalar salomatligini, qolaversa, homilador onalarning muntazam tibbiy ko’rikdan o’tishini mahalla maslahatchilari, oilaviy shifoxonalarning mutasaddilari nazoratiga kiritish, tug’ruq komplekslarining moddiy-texnik bazasi masalasini muntazam ravishda yahshilashga etibor berish.

  7. Nogiron farzandi bor bo’lgan oilalarni aniqlash, ularning ta’lim va tibbiy muassasalarga biriktirilganligini nazoratda ushlash, kerak bo’lsa, ota-onalar uchun mahallalar qoshida pedagogik-korreksion malakalarni oshirish markazlarini tashkil etish, bunda jamoatchilik va mahalla xududidagi ta’lim muassasalarning imkoniyatlaridan foydalanish.

  8. Davlat dasturida belgilangan har bir tuman va shahar markazlarida “Yosh oila markazlari”ni tashkil etish, unga hududdagi malakali pedagog, psixolog, sotsiolog, ijtimoiy hodimlarni jalb etish, ular uchun malakala oshirish kurslarini tashkil etgan holda, yosh oilaga zarur bo’lgan, ular ehtiyojlaridan kelib chiqadigan muammolarini hal etishga qaratilgan turli xizmatlarni va “Ishonch telefonlari” faoiliyatini takomillashtirish.

  9. Yosh oila vakillarining bo’sh vaqtlarini unumli rejalashtirish va o’tkazishga o’rgatish maqsadida tashkil etiladigan “Yoshlar istirohat bog’lari” kabi madaniy-oqartuv muassasalarini yoshlarning ijtimoiy fikridan kelib chiqqan holda yo’lga qo’yish, ularning faoiliyat dasturiga yoshlarning ma’naviy va mafkuraviy o’sishiga imkon beruvchi tadbirlarni kiritish.


Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin