Oila ijtimoiy institut sifatida Reja



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə3/4
tarix17.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#156781
1   2   3   4
2 5278535869303633858

  • Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.
  • Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga hos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.
  • Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.

Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo‘lib, bu oila tarbiyasini muvafiqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri yuritish ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.

Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go‘zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg‘u, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o‘rgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi.

  • Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go‘zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg‘u, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o‘rgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi.
  • Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning mustahkam harakter va qat’iy iroda egasi bo‘lib voyaga etishida mehnatning roli kattadir. Bolalarni oilada to‘g‘ri tarbiyalashda oila ho‘jaligining odilona tashkil etilishi, bolalarni oila ho‘jaligini yuritish ishiga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Mehnatni tashkil etishda ota-onalarning shaxsiy namunasi, aka-opalarning ibrati, shuningdek, ota-onaning bola bilan birga ishlashlari katta tarbiyaviy kuchga egadir.
  • O’rta Osiyo respublikalarida, jumladan, O’zbekistonda aholining 96 – 98 % oila muhitida oila a’zosi bo’lib istiqomat qiladi, ushbu ma’lumotning o’zi O’zbekistonda oila mavqeini naqadar baland ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin