Jazoning qanday shaklidan foydalanish o‘rinli?
6
yoki 7 yoshligimda bir voqea hamon esimda, - deb
gapida davom etdi keyingi uchrashuvimizda Tom. - 0 ‘sha
272
voqeani qachon eslasam kayflyatim buziladi, asabiylashaman.
— Bir kuni beysbol o'ynayotib bilmasdan oynani sindirib
qo'ydim. Bundan qattiq qo‘rqib ketdim va onam meni izlab
topgunga qadar daraxtzorda yashirinib yotdim. Qilgan
ishimdan qattiq hijolatda edim. Otam uyga qaytganida onam
unga bo‘lgan voqeani aytib berdi. U meni kaltakladi.
Tomning ko‘zlariga yosh keldi. Sen unga bo'lgan voqeani
tushuntirib ko‘rishga urinib ko‘rmadingmi? - so‘radim men.
U «yo‘q» deb ishora qildi.
Bu voqea tarbiyaning chigal masalalaridan biri sanalgan
jazoga yaqqol misol bo'la oladi. Tomga nisbatan qo'llanilgan
bunday jazo usullari uzoq vaqtlar mobaynida bolalarda
og‘riq, alam va o'kinch, o'z ota-onalariga nisbatan g'azab va
nafrat hislarini saqlab qolishiga sababchi bo'lishi mumkin.
Ular bunday damlami boshqalaming yordamisiz anchagacha
unutolmaydilar. Masalan, Tom o'z boshidan o'tgan voqeani
1 yildan so'ng ham alam bilan xotirlaydi. Nima uchun aynan
mana shu hodisa Tomning xotirasiga muhrlanib qolgan?!
Axir, uni o'z hayoti davomida ko'p bor savalashgan edi-ku?!
Tom ulami ko'ngilga olmagan. Oyna bilan bog'liq voqeada
esa Tom o'z aybini tushunib, qattiq aziyat chekkandi. Unga
tan jazosi berilmasa ham chekkan ruhiy azobi yetarli edi.
Kaltak yegani ota-onasi unga tushunmasliklarini va tomning
ruhiy holatiga e’tibor qilmasliklarini amalda isbotlab qo'ydi.
Balki o'shanda Tomga kaltak emas, ota-ona daldasi, uni
kechirishlari kerak bo'lgandir?! Tomning ota-onasi buni
bilishlari shart edi. Mazkur holatda jazoning qaysi shaklini
qo'llash ma’qul bo'lar edi?!
Bu haqda siz qanday fikrdasiz, qimmatli ota-onalar!
Taibiya jarayonida oldindan begilab qo'yilgan yo'ldan borish
Shartmi? Qattiqqo'llik o'zini oqlaydimi? Uning me’yori
273
qanday bo'lishi kerak? Bola o‘zini yomon tutganda har safar
jazolash kerakmi? Agar «ha» deb javob bersangiz, jazoning
doimo bir xil usulda olib borilishini yoqlaysizmi? «Yo‘q»
desangiz, unda qaysi usullami qo'llash ma’qul bo‘larkin?
Aslida jazoning o‘zi nima? Intizom va jazo o‘zaro bir-biri
bilan aloqadormi?
Bizning har birimiz muayyan tarbiya maktabini, masalan,
ota-onalaming samarali ta’lim maktabini o‘tashimiz shartmi?
Yoki o‘zimizning aql-idrokimizga, ichki his-tuyg‘ularimizga
tayanishimiz shartmi? Yoxud ulaming har biridan olishimiz
joizmi? Unday bo‘lsa qachon va qay me’yorda?
Bular bugungi kunda risoladagi har bir ota-onani qiynoq-
qa solayotgan savollar sanaladi.
Hayotimiz bola tarbiyasiga bag‘ishlangan kitoblar, amaliy
anjumanlar, maqolalar va ilmiy tekshirish institutlariga to‘lib
ketgan. Yo'nalishlar ham rang-barang: bolaning qulog'idan
burab qo‘yishdan tortib to konfet bilan mukofotlashgacha ...
Yuqoridagi voqeaga qaytadigan bo‘lsak, Tomning ota-
onasi muayyan voqeadan kelib chiqib turib, bir tomondan,
o‘g‘illarini intizomga o'rgatishi, ikkinchi tomondan esa ular-
ga o‘zlarining mehr-muhabbatlarini bildirishlari mumkin-
midi?! Bu masalaga keyinroq qaytamiz.
Farzand tarbiyasi hozirgi kunning eng chigal masala-
laridan biri desam, barcha ota-onalar bu fikrga bemalol
qo‘shilishadi. Bola hamma vaqt ham ota-ona nazoratida
bo‘lavermaydi. Uning ko‘p vaqti boshqalar: maktab, qo‘ni-
qo'shnilar, tengqurlari davrasida kechadi. Aynan mana shu
sababga ko‘ra ko‘pgina ota-onalar o‘z farzandlariga ta’sir
o‘tkaza olmasa kerak, deb o‘ylaydilar.
Farzandlarini tarbiya qilish maqsadida amalga oshirgan
barcha xatti-harakatlari zoe ketmayaptimikan deb ikkila-
274
nadilar. Ammo buning aksi bo‘lmog‘i maqsadga muVofiqdir.
Ota-onalaming yuqoridagi fikrlari salbiy oqibatlaiga olib
keladi. Aslida, oila, ota-ona bola tarbiyasida yetakchi o‘rinra
egallaydi.
Olib borgan tadqiqotlarim, izlanishlarim shuni tasdiq-
laydiki, bola tarbiyasida oila har doim hal qiluvchi kuchga
ega bo‘ladi. Ota-onaning ta’siri boshqa ta’sirlarga qaraganda
ustuvor sanaladi.
Bolaning baxtli yoki baxtsiz, ruhan tetik yoki tushkun
kayfiyatda yurishida, katta yoshdagi odamlar, tengqurlari va
boshqalar bilan munosabatlarida, atrofdagi munosabatlarga
nisbatan uyg‘un yoki hissiz holatda bo'lishida, muayyan
vaziyatlarda o‘zini qanday tutishida oila asosiy rol o'ynadi.
Ba’zida boshqa ta’sirlar bolani o‘ziga rom qilishi
mumkin, ammo oila shunday holatlarda ham o‘zining asosiy
o‘mini yo‘qotmaydi. Shuni unutmaslik lozimki, oila bolaning
kamolini belgilovchi yagona asos emas. Shu ma’noda har bir
muammo uchun butun javobgarlikni oila zimmasiga yuk-
layverish to‘g‘ri emas. Sababi bola ruhiyatiga ta’sir qiluvchi
yana bir qator omillar ham borki, ularsiz asl haqiqatni yuzaga
chiqarish mushkuldir.
Tug‘ma mijoz
MJjozning amalga juda ko‘p turlari mavjud. Stela Chess
va Aleksandir Tomaslaming «Mijoz va bolalar intizomining
buzilishi» nomli kitobida uning to'qqizda ko‘rinishi tasniflab
berilgan.
Ulaming kitobi nodir adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan
bo'lib, tom ma’noda jahon axloqshunosligi faniga qo‘shilgan
ulkan hissa sanaladi. Asarda bolalaming nima uchun u yoki
275
bu shaxsiy xususiyatlarga ega bo'lishi batafsil tasvirlab
berilgan. Kitobdan nima uchun ayrim bolalami taibiyalash
boshqalamikiga qaraganda oson kechishi, ba’zi bolalaming
tarbiyasi esa qunt va mehmi ko‘proq talab qilishi, bitta oila
tarbiya topgan bolalaming nima sababdan turlicha xulq-
atvorga ega bo‘lishi haqidagi savollarga javob topishingiz
mumkin.
Eng muhimi unga doktor Chess va Tomaslar tomonidan
bolaning nafaqat oila davrasida,
balki o‘z shaxsiy xusu-
siyatlari negizida kamol topib borishi haqidagi qimmatli
fikrlari aniq bayon etilgan. Bu dalil tarbiyasi qiyin bolalar
borasida oilalaming zimmasiga qo‘yilayotgan ayblovni biroz
yumshatadi. Afsuski, ko'pchilik (hatto, mutaxassislar ham)
bola tarbiyasiga bog'liq har qanday vaziyatda ota-onani
ayblaydilar.
Chess va Tomaslaming izlanishlari shuni ko‘rsatadiki,
ba’zi bolalaming tarbiyasi boshqalamikiga qaraganda mu-
rakkabroq kechadi.
Bu o‘rinda ulaming tasnifiga qisqacha to'xtalib o‘tish
lozim. Chess va Tomaslar mijozning to‘qqizta tarkibiy
o‘tishgan hamda ulaming yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ham
mavjud bo‘lishini, keyinchalik rivojlanib borishini aniq-
lashgan.
Boladagi xususiyatlar atrof-muhit ta’sirida rivojlanib
boradi, mijoz esa bola shaxsiyatiga mahkam o'mashib oladi;
uning o‘zgarishi qiyin kechadi. Hatto butun umr davomida
saqlanib qolishi ham mumkin.
Mijoz quyidagi qismlardan iborat:
1.
Dostları ilə paylaş: |