o ‘rin-
ni egallaydilar.
5-6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bog‘cha tarbiyachilar
so‘rovlari shuni ko‘rsatdiki, ko'pchilik bolaning maktabga
tayyorlashda jismoniy va aqliy rivojlanishni afzal qo‘yish-
moqda. Ta’lim tarbiyaviy - ishni bolani tafakkuri, nutqi va
bilim jarayonlarini shakllantirishga yo‘naltirilib, pedagoglar
bolani tabiat va jamoat to‘g‘risida asosiy bilimlar bilan
boyitishadi. Ular, ota-onalar kabi aqliy va jismoniy tayyor-
garlikning yuqori darajasi bolaning shu sohadagi duch kelgan
qiyinchiliklardan saqlaydi, deb hisoblashadi. Bunda, shaxs-
ning iroda va intizom kabi sifatlarini taibiyalashga kamroq
e’tibor beriladi.
Qandan qilib olimlar maktabga tayyorgarlikni aniqlasha-
di? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va
tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmuni muvaffaqiyatli o‘z-
lashtirib olishga yo‘l qo‘yadigan shaxsning umumiy rivoj-
langanligi deb ko‘rsatilgan, yana maktabgacha yoshdagi bola
o‘zining jismoniy, aqliy va estetik rivojlanishini egallashi
kerak bolgan.
Maktabga tayyorgarlik darajasini bolaning katta aqliy
vajihatlaming yaxlit bir sistemasi (tartibi) deb ko‘rsatilgan.
Jismoniy vazifalarini bajara oladigan butun organizm va asab
sistemasining ma’lum yetuklik saviyasini aniqlaydi (ko‘r-
satadi). Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olingan
oddiy bilimlar, amaliy va aqliy faoliyatdagi oddiy malakalar,
289
tafakkur, nutq va bilim qiziqishlarining rivojlanish darajasi,
hulqning ijtimoiy va axloq-irodaviy sifatlarini shakllanish da
rajasi katta ahamiyatga ega.
Psixologlar (ruhshunoslar) maktabga umumiy tayyor-
garlikning quyidagi taraflarini ajratadilar: jismoniy, aqliy,
ijtimoiy-axloqiy (yoki ijtimoiy his tuyg'uli) va sababli (mo-
tivli).
Boshlang‘ich maktab bolaning o'qitishga tayyorgarlik
darajasiga o‘z talablarini qo'yadi. Talablardan bin - bog‘cha
bolalariga xos bo‘lgan kun tartibga rioya qilish. Maktabgacha
bolaning bog‘chaga borish vaqti oilaviy sharoitga qarab
belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy — bola dars-
laiga har kuni kelishi shart.
Bog‘cha bolasi kun bo‘yi tuzilishi va mazmuni qiziq
bo'lgan turli xil faoliyatlar bilan shug‘ullanadi. Asosan, bola
o‘z xohish (istagi) bo‘yicha o‘ynaydi yoki ish bilan shug‘ul-
lanadi. Bola o'zining mashg‘ulotlarini va o‘yinlarini vaqti va
mazmunini o‘rganish mumkin. Maktabda esa kunning birin-
chi qismining asosiy vaqtini tartibli (sistemali) o‘qitish
egallaydi; bundan tashqari, kunning ikkinchi qismini ma’lum
vaqtini yana darslami tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda
bola o‘z xohishi va qiziqishi bilan tanlagan mashg‘ulotlar
chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga bo‘y-
sunishi kerak. Har qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida
kelishi, o‘quv qurollarini olib kelishi, maktab ta’lim sha-
roitlariga ko'nikishi kerak. Darslarda ma’lum vaqt tinch
o ‘tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi tanaffuzda esa
nisbatan qisqa vaqt ichida o‘z kuchlarini tiklab olishi kerak
bo‘ladi. Maktabdagi ta’limning tashkil etilishi va mazmuni
o‘quvchining mustaqil ishlashini ta’minlab beradigan malaka
va ko'nikmalarining rivojla-nishini yuqori darajasini talab
290
qiladi. Bolaning yozuvni muvaffaqiyatli egallashi uchun,
masalan, unda barmoqlarini mayda harakatlari rivojlangan
bo'lishi shart.
Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihat
dan o‘rganish, uchun bolaga eng, awalo, mustahkam sog'liq,
oignizmni kasalliklarga kurashish qobiliyati, jismoniy chi-
niqish va chidamli bo‘lish kerak. Sistemali (tartibli) ta’lim
uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya’ni, aniqrog‘i, maktabga
umumiy ruhiy tayyorgarligi muhim deb hisoblanadi.
Bola birinchi sinfda uchta fan (o'qish, yozuv va ma-
tematika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat to‘g‘risida oddiy
bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak atrof-
dagi hodisalar haqida ma’lum tasawur bilan maktabga kelishi
kerak. Bolaning o‘quv materialni to‘liq o'zlashtirishi va
ta’limni bola qobiliyatlariga mos kelishi uning aqliy fao-
liyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolaning yaxshi o‘qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish
darajasi, idrok, tasawur, xotira va tafakkur funksiyalari,
hamda aqliy faoliyat bilan shug‘ullanish odatlari ta’sir qiladi,
Bola tahlil qilish (analiz) qobiliyatiga o‘rganish kerak:
narsalami (predmetlami) idrok etganda muhim va muhifti
bo‘lmaganlami ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalami umum-
lashtirish, guruhlash va hokazo. Bola zehinli, ziyrak, topqir,
mustaqil bo'lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy
faoliyatga nisbatan bolada qiziqish paydo bo‘ladi.
Ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola
nutqining rivojlanish darajasiga, uning lug‘at boyligiga, mus
taqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to‘g‘ri gapira
berishiga bog‘liq bo‘ladi. Nutq-aqliy faoliyatning asosiy qismi
(komponenti) va bolaning shu faoliyati natijalarini aytib bera
olftdigan asosiy vosita bo‘ladi. 0 ‘qishda ijobiy natijalarga
291
erishishning muhim asoslaridan bilimdonlik, tirishqoqlik
hisoblanadi.
Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va
asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy o'mida ham o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. Bola munosabatlari shakllangan tanish teng-
doshlar va kattalar jamoadan, notanish bolalar va kattalar
jamiyatiga o‘tadi. Oldingi jamoada (kollektivda) bola ma’lum
bir o‘rinni egallash, o'zini huquq, burch va imtiyozlarini Ы1аг
edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoatida esa bola o‘zini
boshidan ko‘rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari,
maktabgacha davrga nisbatan, aniqroq va qattiqroq belgi-
lanadi. Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlardan
biri, nafaqat maktabda, balki oilada, tengdoshlar davrasida, —
bu muvaffaqiyatli o‘qish bo‘lib qoladi.
Baho qo‘yish va baholash ijtimoiy ahamiyatga va rasmiy
hujjat shakliga ega.
Maktabda uzoq muddat ota-ona g‘amxo‘rligisiz bo‘lgani
sababli, bola o‘z yoshiga mos his tuyg'u va iroda mustah-
kamligiga ega, o‘z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar
o‘quvchi o'qishga ijobiy yondashsa, o‘qishni xohlab, intilsa,
ta’limdagi boshlang‘ich qiyinchiliklami tezroq va
osonroq
bartaraf etiladi. Iroda bolaga barcha
maktab vazifalarini
doimiy va muvaffaqiyatga bajarishga kerak bo'ladi.
Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish,
xarakteming ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa
bolalar bilan muloqot o‘rnatishda, sinfdoshlar bilan do‘stona
munosabat o‘matishda va jamoada faol ishtirok etishda juda
katta yordam beradi.
Bolani maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning
har tomonlama, ya’ni uning ma’lum bir taraflari emas, balki
hamma taraflari rivojlangan bo‘Iish kerak. Har qanday bir
292
tarafmi rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg‘uli, irodaviy
yoki amaliy-harakatli) maktabda o‘zlashtirmaslikning sabab-
laridan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, birinchi sinfda o‘quv fanlaming
(o‘qish, yozish, matematika) mazmunini o'zlashtirish uchun
maxsus bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo'lishlari kerak.
Masalan, matematika o‘qitishda o‘qituvchi bola narsalaming
rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisob-
laydi; yozuvni o‘rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini
to‘g‘ri ishlata olishini, grafik mashqlami bajara olishga
tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va ko'nikmalar maktabga
maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus
tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi, bir-birini chiqarib tash-
lamaydilar. Maktab fanlarini mazmunini o‘zlashtirishda
bolani, maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib
chiqadi, unga mos keladi va tayanadi va aksincha, maxsus
tayyorgarlikning mazmuni ta’limning umumiy tayyorgarlikka
yordam berish kerak.
Bola shaxsini rivojlantirishda ma’lum bir tarafiga (asosan,
aqliy) kuchli yo'naltirish berishga alohida e’tibor berish
kerak. Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki bola
ning yoshini hisobga olinmagan tezlashtirilgan, jadal o‘qitish
zarur hisoblanadi.
Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda
katta ahamiyatga ega, chunki shu davrda shaxsning asoslari
solinadi. Agar shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan
Dostları ilə paylaş: |