yoki tashqaridan taklif etilgan mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Universitetga rahbarlikni mahalla oqsoqoli va xotin-qizlar ishi bo‘yicha komissiya raisi, tashkiliy ishlarda mahalla maslahatchisi, profilaktik inspektor zimmasida boiadi. Har bir guruhni 15-18 tadan tinglovchi tashkil etadi. Tinglovchilaming bo‘sh vaqtiga qarab (nafaqadagilar, bola 331
tarbiyasi bilan band onalar, homilador ayollar, yosh kelin- kuyovlar) guruh tuziladi. Albatta, mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy ham muhim aha- miyat kasb etadi. Chunki ulaming zerikmasligi, mashg‘ulot- lardan bezimasligi, har bir mashg‘ulotni qiziqarli o‘tishini ta’minlash Universitet rahbariga, uning tashkilotchilik qobi- liyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mashg‘ulotlar ketma-ketligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki har bir mavzuni tinglovchining ongiga yetkazish uchun mavzulami bir-biriga bog‘lanib ketishi alohida mazmun kashf etadi. Shuningdek, voizning metodik jihatdan boy tajribaga ega bo‘lishi, uning amaliyotdagi tajribasi, ko‘proq hayotiy misollar bilan mashg‘ulotni olib borishi tinglovchilarda ko‘proq qiziqish o‘yg‘otadi. Bizningcha guruhlami jinsiga qarab guruhlansa yanada samaraliroq bo‘ladi. Chunki ma’ruzalarimiz mavzulari jins tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ko‘p narsalami pardalik qilib, hayo bilan oshkora gapirmaslikni talab etadi. Shuning uchun ma’ruzachilami ham jinsiga qarab belgilash lozim boiadi. Bugungi kunda oila mustahkamligida yoshlami nikoh oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari ham muhim rol o‘ynaydi. Eng awalo, yoshlami tibbiy ko‘rikdan ixtiyoriy o'tishlariga xohish bildirishi ulaming qanchalik huquqiy madaniyatga ega