maqsad sari intilishingizning o‘zi kifoya». Pedagoglaming ilk galdagi urinishlaridan biri bu ota- onaga bolaning ruhiy va jismoniy holatini tushuntirishdir, aks holda ona tomondan murakkab vaziyatlarga sabab bo‘ladigan qarshilik hamda agressiv holatlar yuzaga kelishi mumkinligi yuqoridagi adabiyotlardagi tadqiqotlaming xulosasi sifatida keltirilgan. Lekin, birinchi uchrashuvdanoq bulami amalga 373
oshirish kerak emasligi aytilgan. Ayni damda oila a’zolarining ishonchini qozonish va ota-onaning hissiy jihatdan xarakter xususiyatlarini o‘rganish zamrligi inobatga olingan. Tadqiqotchilaming kuzatuvlariga ko‘ra, farzandlarini adaptatsiya (moslashuv) qilishiga yordam bera olmasliklariga, aslida oilada ota-onalaming ma’lumoti past darajada ekanligi hamda iqtisodiy tanglikni boshdan kechirayotganliklari sabab bola oladi. Bunday ota-onalami dafatan, bolaga ta’lim- tarbiya berish uchun hamkorlikka jalb etish - qiyin masala. Negaki, kerakli ehtiyojlami qondira oladigan biror narsaga erishish uchun sarf etiladigan mablag‘ miqdori ota-onada g‘ayritabiiy xarakter yoxud yuzaki yondoshuvni keltirib chi- qarishi tabiiy. Shuning uchun ham, pedagoglar birinchi o‘rinda ota-ona bilan ishlashi, ulami o‘zaro hamkorlikka chaqirishi, bolaga munosib bo‘lgan usullar yordamida ta’lim- tarbiya berishga undashi darkor. Chunki, ota-onalar farzand lariga har jihatdan ko‘mak berishidan, ta’lim-tarbiya jarayo- nida faol qatnashishdan manfaatdorlar. Ular o‘z farzanlarining to‘laqonli ravishda ta’lim-tarbiya olishi uchun intiladilar. Biroq shunday holatlar ham bo‘ladiki, ko‘p hollarda ota-