nasihatlarini keltirib, oiladagi tinch-totuvlik ko‘proq ayollar zimmasiga tushishini ta’kidlab shunday yozadi: «Ey qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoq- dasan. Sen bo'lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen yer bo‘l, u esa osmon bo‘ladi. Demak, sen u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo'lsang, u osmon kabi oliyjanob bo‘ladi. Osmon shifobaxsh yomg‘iri bilan yemi ko‘kartirgani kabi ham o‘z mehru shafqati ila seni xushnud etadi. Ering sendan faqat yumshoq va shirin so‘zlar eshitsin, yaramaydigan va eski libosda yoki sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o‘tirma. Qizim, kuyovingdan kuchi yetmagan va sotib olishga qudrati yetmagan narsalami talab qilma. Bunday qilsang orada totuvlik yo‘qoladi, turli xil janjallar paydo bo‘ladi. Qizim, rashq qi-lishdan saqlangin, chunki u ajralib ketishning kalitidir. Eringga hadeb gina qilaverishni man etaman. Yaxshisi, sen u bilan xushmuomalada, shirin so‘zli bo‘lgin, 66
bu ishing har qanday sehru jodudan yaxshidir. 0 ‘zingga xushbo‘y narsalar bilan oro bergil. Pokizalik hamisha yo‘ldoshing bo‘lsin». 82 yoshli Lev Tolstoy 1910-yil oktabr oyining qorli, sovuq tunlaridan birida injiq ayolidan (ayoli boylikka berilgan edi) qutulish maqsadida uyini tark etib, boshi oqqan tomonga jo‘naydi. Oradan o‘n bir kun o‘tgach, kichkinagina temir yo‘l stansiyasida o‘pka shamollashidan vafot etgan yozuvchining so‘nggi so‘zi shu bo‘ldi: «Xotinimni yonimga yo‘latmanglar». «Be’mani injiqlik — zaxri qotil»,— deydi Deyl Kamegi. «Oqila rafiqam! Agar ering yoningda bo£lishini