moqda. Islom davlat dini hisoblangan ko‘pgina mamla- katlarda huquqiy qonunlar shariat asosida chiqarilib, qur’on bilan ichilgan qasamni buzish katta gunohi azim va jinoyat hisoblanadi. Qur’on va hadislarga tayangan holda shariat qonunlari oila va jamiyat, mol-mulkka egalik, jinoyat huquqi, xazina-soliq va moliyaviy tartib va hokazolami boshqaradi. Shariat so‘zi aslida arabchadan olingan bo‘lib, uning lug'aviy ma’nosi to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik, de- makdir. Shariat musulmonlaming huquqiy hayotidan tashqari ulaming axloqiy va diniy marosimchilik talablarining maj- muyini ham o‘z ichiga oladi. Islomdagi diniy-huquqiy mazhablar va ulaming asoschilari, himoyachi-oqlovchi (ad- vokat)larga oid tartib-qoidalar, qozilar faoliyatining tashkiliy va tartib qoidalari, qasam (ont) ichish, va’da berish va qasamyod qilish, qarzni uzish, kafillik, kafolat berish, omonat saqlash tahlili va ularga mansub tartib qoidalar shariatning asosiy bo'limlaridan hisoblanadi. Shariat jazoga nisbatan o‘z yo‘l-yo‘riq dasturlarining butun qahru g'azabini axloqi buzuqlami va gunoh hisoL- lanadigan xatti-harakatlami keskin bartaraf etishga qaratgan. Shariat zo‘ravonlik, zino va o‘g‘rilikka qarshi shafqatsiz jazo berish choralarini ham belgilaydi. Misol uchun, Shariat qonun-qoidasiga ko‘ra zino qilish - da ayblangan ayol toshbo‘ron qilingan yoki sochidan otning 85
dumiga bog‘lanib sahroga haydab yuborilgan. 0 ‘g‘rilikda ayblangan kishining esa dastlab bitta barmog‘i, bu ish qayta- qayta takrorlansa panjasi, bilagi va oxirida boshi tanasidan judo qilinib sha’riy yo‘l bilan jazoga tortilgan.