Oila pedagogikasi


Ota-onalar o ‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Ota-onalar o ‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar.
Ota-onalar o‘rtasidagi mojaroli vaziyatlar - bu ota-onalar 
tomonidan bola tarbiyasiga turlicha yondashuvdir. Mojaroli 
vaziyatlami hal etish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak.
Ota-onalarni birinchi vazifasi 
- umumiy qarorga kelish, 
bir-birini ishontirishdir, agar ota yoki ona biror-bir qaromi 
qabul qilishdan oldin ikkinchi tomonni fikrini ham hisobga 
olishi lozim.
Ota-onalarni ikkinchi vazifasi-bola ota-onalarini qarash- 
larida qarshilikni ko‘rmasligi kerak, muammolami alohida 
muhokama qilish zarur.
Bola juda tez aytgan fikrlami o‘zlashtiradi va o‘ziga xos 
holda ulardan foydalanadi.
Ota-onalar qaror qabul qilishda birinchi o‘ringa o‘zlarini 
qarashlarini emas, balki bolaga foyda keltirishni о‘ yl ash lari 
kerak.


Kattalar va bolalar o‘rtasidagi muloqotda quyidagilarga 
amal qilish lozim.
1. Bolani qanday bo‘lsa, shunday holda qabul qilish 
kerak.
2. Kattalar bolalar ko‘zi bilan muammolarga qarashlari 
va ulami holatlarini qilishlari kerak.
Ota-onalar farzandlarini, ulami hech narsaga (hunukligi, 
sho‘xligi, epchil emasligiga) masdan yaxshi ko‘radilar. Bola 
qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinadi.
Agar bola ota-onalami xohish va istaklariga mos bo‘lsa 
ya’ni yaxshi o‘qisa, a’lo xulqli bo‘lsa, agarda bola ota- 
onalami talabalariga javob bermasa, bunda bolalami ota- 
onalar o‘zlaridan uzoqlashtiradilar va ulami munosabatlari 
yomon tomonga o‘zgara boradi.
Bu esa sezilarli qiyinchiliklami keltirib chiqaradi, bola 
ota-onalariga ulami mehribonliklariga ishonmaydi.
Ayrim oilalarda bola ota-ona tomonidan umuman qabul 
qilinmaydi. Ular bolaga nisbatan befarq bo‘ladilar va uni 
o'zlaridan itaradilar (masalan: ichkilikka berilgan oila). Lekin 
yaxshi tinch oilalarda ham bolaga nisbatan befarqlik holatlari 
uchraydi (masalan: 
kutilmagan farzandni tug‘ilishi, ona 
chiroyli lekin qizi xunuk bu esa onani g‘ashiga tegadi).
Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli 
tumandir. Ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-ona- 
laming xaddan tashqari obro‘ talabliklari, hukmronlikka 
intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazorat ostiga olinsa, 
uning hulqidagi mustaqillik yo‘qqa chiqariladi. Bolada o‘z 
kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yo‘qoladi. Ichki istak va 
intilishlar shakllanmasdan itoat qilish talablari bilan boshlab 
turadi.
118


Oilaviy tarbiyadagi xatolikning turlaridan yana bin, 
bolalaming erka bo‘lishi, ularga nisbatan biror talabning 
yo‘qligi bilan bog‘liq. Bu holda ota-onalar ba’zan bolalaming 
imkoniyatlariga yetarli baho berishmay va ulaming ko‘pgina 
islilarini o‘zlari bajarishadi. Natijada, bolada mustaqillik, 
mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga. mas’uliyat hissi 
rivojlanmaydi. Bola o‘z ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha 
yetkaza olmaydi, erksiz bo‘lib qoladi.
Qiyinchiliklaming yana biri shundan iboratki, ota-onalar 
taibiyada hamma narsa sababli va shartli ekanligini, tarbiya 
uzoq jarayon bo‘lib, bu jarayonda bir qator o‘zaro uzoq 
jarayon bo‘lib, bu jarayonda bir qator o'zaro bog‘liq bo‘g‘in, 
vosita va uslublar bo‘lib, ulardagi biror bo‘g‘inning tushib 
qolishi tufayli jarayonning normal o‘tishi bo‘zilishi va tarbiya 
natijasi buzilishini tushunmaydi. Ota-onalar bu holning 
muhimligini hisobga olmay, ko'pincha, bola «birdan» buzilib 
qoldi, deb arz qiladilar. Bolalami oiladagi tarbiyasidagi 
xatolaming bir turi ona yoki ota, buvi, buva va boshqalar 
tomonidan tarbiyada yagona talabalaming yo‘qligidir. Bun- 
day oilalarda bolalar kattalaming qarama-qarshi fikrlariga 
moslashishga harakat qiladi. Bu esa bolada ikkiyuzlamachilik, 
xushomadgo‘ylik va shu kabi salbiy xislatlaming shaklla- 
nishiga sabab bo‘ladi.
Oilada bola shaxsini shakllantirishda oila boshliqlari bilan 
bolalaming o‘zaro yaxshi munosabati, xonadon qarichlariga 
hurmat, e’tibor, oiladagi bolalaming o‘zaro munosabatlari 
to‘g‘ri tarbiyalangani ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar 
jonkuyarligi, oilada o‘matilgan to‘g‘ri tartib va yaxshi 
odatlar, ota-onaning mehnatga, ijtimoiy hayot hodisalargia 
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari muhimdir.
119


Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati, o‘z- 
larini tuta bilishlari muhimdir, oilada muomalaning barcha 
qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichik- 
lami avaylash, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa, ayollami izzat 
qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak.
Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo‘lishni 
o‘rgatish otaning muhim vazifasi.
Odatda, o‘g‘il bola otasiga, qizlar esa onasiga o‘xshashga, 
ulardagi yaxshi xislatlami o‘ziga singdirishga harakat qiladi. 
Ota ham, ona ham, bolani tarbiyalashga o‘z hissalarini 
qo‘shadilar.
Ona g‘amxo‘r, mehribon, ko‘ngilchan bo‘lsa, ota - kuch 
qudrat, jasurlik, qattiqqo‘llik, bolaning aqliy va jismoniy 
rivojlanishi uchun qayg‘ursa, ona — yurish-turish, muomala, 
his tuyg‘u, nafosat uchun tashvishlanadi.
Ota ham ona ham bolaning aqliy, axloqiy jismoniy 
kamoloti uchun baravar javobgar, chunki, ulaming birdan-bir 
maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.
Bola shaxsini shakllanishida sog‘lom oilaviy muhit katta 
ahamiyatga egadir. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro 
hurmat, ishonch va vafo-sadoqat bolalar quvnoq, xushchaq- 
chaq o‘sishIariga, normal tarbiyalanishlariga, xonadonda 
sog‘lom muhit yaratilishiga bevosita ta’sir kocrsatadi.
Oila a’zolari hurmatini o‘miga qo'yishlari, bir-birlari 
uchun jon kuydirishlari, yaxshi munosabatda 
bo‘lishlari 
kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko'tarinki ruh hukmron 
bo‘lsa, oila a’zolarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Qaysi olida nohaqlik, qo‘pollik, do‘q po'pisa, asabiylik, 
hukmron ekan, unda halovat ham bo‘lmaydi. Oiladagi 
arzimagan janjal ham dastawal bolalaming psixik holatiga 
ta’sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo'lishiga olib
120


keladi. Bolalar ulg‘aygach, ular ham qush uyasida ko‘rganini 
qiladi qabilida ish tutishadi.
Ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, obro‘larini tu- 
shirmasligi, oilaviy nizolami bola yo‘q vaqtida bartaraf 
etishlari shart. Bola yomon yoki yaxshi hulqli, fe’l atvorli 
bo‘lib tug‘ilishmaydi. Uning o‘sib borishi jarayonida oila 
muhiti, ota-onaning, kishilaming, atrof-muhitdagi munosa- 
batlaming ta’siri hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oiladagi totuvlik, 
hamjihatlik, bu o‘zaro hurmat va yordam, shirinsuhanlik, 
mehnat-sevarlik va to'g'rilik bolaga ijobiy ta’sir qiladi.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin