147
e ) b, d.
1
a
6
a
2
V
7
g
3
b
8
b
4
g
9
a
5
a
10
g
148
VI bob.
0 ‘zbek oilasidagi urf-odat va marosindar
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy
an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi.
Ular kishilar turmush tarzining o'ziga xos hodisasi sifatida
namoyon boiadi. «An’ana», «odat», «marosim» bevosita
«bayram» tushunchasi bilan bog'liq.
«An’ana» — tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy
ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros
bo‘lib
o‘tadigan,
kishilar
ma’naviy
hayotiga
ta’sir
ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy
hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq
an’analari —
uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslaming ijtimoiy-ma’naviy
ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ulaming aqliy-ijodiy fao-
liyati asosida, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq
holda avloddan-avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo
ajdodlar flkri, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa
qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy
merosga aylangan.
Urf-odat kishilaming turmushiga singib ketgan, ma’lum
muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko'pchilik
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir.
Masalan: kichiklaming kattalarga salom berishi, uy-hovlini
tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish,
bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan
kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilami biror ishiga
149
yordam berish, hasharga borish kabilar o'zbek xalqiga xos
yaxshi odatlar hisoblanadi.
Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud
bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining
fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o‘z-
o‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha
sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi.
Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-
harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida
namoyon bo'ladi.
Marosim — inson hayotidagi muhim voqealami nishon-
lashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatida
o‘tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Masalan: ism qo'yish, nikohdan o‘tish, dafn qilish,
xotiralash, urug‘ qadash marosimlari.
Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson
hayotidagi muhim hodisalar sodir bo'lganida vujudga keladi.
Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealami rasmiy-
lashtiradi. Marosimlami o‘tkazishda avloddan-avlodga o‘ta-
digan ramziy va-rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi.
Marosimga bo‘layotgan voqeaga «guvoh» sifatida odamlar
chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga
sherik bo‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har
bir marosimning o‘ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi
bo'ladi. Inson hayotida bo‘lib o'tayotgan muhim voqealami
nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim
ham mujassamlashadi.
Buni quyidagi bir misolda ko'rish mumkin: yoshlar
voyaga yetganda yigitlar uylanadi, qizlar turmushga chiqadi.
Bu avloddan-avlodga o‘tib keladigan an’ana sanaladi. Yigit
150
va qizning oila qurishi uchun nikoh to‘yi o'tkaziladi. Nikoh
to‘yini o‘tkazish esa insoniyat hayotiga singib ketgan qoidaga
ega bo‘lgan urf-odat hisoblanadi. Nikoh to‘ylarining asosiy
shartlaridan bin kuyov va kelinning nikohdan o‘tishidir. Har
bir davrda bu to‘y bilan bog‘Uq
o‘ziga xos urf-odatlar
vujudga keladi. Masalan: hoziigi paytda maxsus bezatilgan
mashinalarda ko‘chalarda yurish, guvohlar bilan baxt uyiga
borish, kerakli hujjatlarga imzo chekish, nikoh uzuklarini
almashish kabi odatlarga amal qilinadi. Bu rasmiy va
tantanali ravishda o'tadigan marosimdir.
«An’ana», «urf-odat», «marosim» bir-biri bilan bevosita
bog‘liq
hodisa sanaladi. Shu bois an’analaming tarkibiy
qismi urf-odat, urf-odatning tarkibiy qismi esa marosim ham
bo‘lishi mumkin.
Ba’zi holatlarda «an’ana», «odat» va «marosim» tushun-
chalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi
ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so'zlar
qo‘shilib, masalan, «an’anaviy bayram», «mukofotlash maro-
simi», «to‘y marosimi», «nafaqaga kuzatish marosimi» tarzida
qo‘llaniladi. Marosim so‘zi jamoatchilik ishtirokida o‘tkazila-
digan katta tadbir ma’nosini bildiradi.
Eng qadimiy odamlaming turmushi bilan bog‘liq
an’analar: to‘da bo‘lib yashash udumlari; sardorlik, oqsoqolik
uchun olishuvlar; bolalikdan o‘spirinlikga; o‘spirinlikdan
erkaklikga o‘tish marosimlari; turli ko‘rinishli dafn odatlari;
qurbonlik marosimlari oila va to‘y marosimlarining poydevori
bo‘lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibti-
doiy jamoa taraqqiyotida jiddiy rol o‘ynagan. Ular ibtidoiy
odamlaming mashaqqadi hayotida erishilgan tajribalami asrash
va ko'paytirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
151
Qadimiy odatlami o‘rganishda «Avesto» kitobi eng
qadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Zardushtiylik diniga
xos odatlar hozirgi paytgacha ham saqlanib qolgan. Ular
ichida eng kattasi Navro‘z bayramidir. Kasallikni oldini olish
yoki undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda hovlini
tozalash, yuvinish, o'choqga olov yoqish kabilar zardush-
tiylardan o'tib kelayotgan odatdir.
Oilaviy marosimlar oila paydo bo'lishi bilan vujudga
kelgan. Shu bilan birga o‘zgargan rivoj topgan. Taraqqiyot,
zamon talabiga javob bermagan odat marosimlar unitilgan.
Ulaming o‘mini esa oila ehtiyojlarini qoniqtiradigan yangi
marosimlar egallagan.
Dostları ilə paylaş: |