Oila pedagogikasi


Oilada bolalami oddiy turizmga o‘rgatish



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Oilada bolalami oddiy turizmga o‘rgatish
Turizm harakat ko‘nikmalarini mustahkamlashga va 
tabiiy sharoitlarda jismoniy fazilatlami rivojlantirishga imkon 
beradi. Maktabgacha tarbiya yosbidagi bolalar bilan turli 
harakat usullaridan foydalangan holcia (piyoda yurish, chan- 
g'ida, velosipedda yurish) uchastkadan tashqariga, shahar 
tashqarisiga sayrlar uyushtiriladi. Sayr chog‘ida yo‘l-yo‘lakay 
turli mashqlami bajarish mumkin (masalan, to‘nkalardan 
sakrash, arqondan sakrab o‘tish, arg'amchida sakrash, koptok 
bilan bajariladigan mashqlar, harakatli o‘yinlar va boshqalar).
177


Jismoniy mashqlaming ochiq havoda bajarilishi ulaming 
sog‘lomlashtirish samaradorligini oshiradi.
Oilada bolalami jismoniy jihatdan tarbiyalash ota- 
onalardan katta mas’uliyatni, bilimni talab etadi. Bolalarga 
jismoniy tarbiya berishda ota-onalar quyidagi tavsiyalarga 
rioya qilishlari zarur.
1. Ota-onalar bolalami jismoniy jihatdan tarbiyalash 
bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari.
2. Ota-onalaming o'zlari turli xil jismoniy mashqlami 
bajarish orqali bolalarga namuna bo'lishlari kerak.
3. Ota-onalar bolalami yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini 
bilishlari zarur.
4. Ota-onalar bolalami biror bir sport turi bilan shu- 
g‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishlari kerak.
5. Ota-onalar bolalari bilan xiyobonlarga, tabiat qo‘yniga 
sayohat uyushtirishlari va bu sayohatlar davomida turli xil 
mashqlar va harakatdi o'yinlami o'tkazishlari maqsadga mu- 
vofiqdir.
6. Ota-onalar bolalar bilan biigalikda jismoniy tartibga 
oid kitoblami, maqolalami mutola qilishlari va ulami biiga- 
likda muhokama qilishlari kerak.
7. Ota-onalar bolalar bilan biigalikda turli xil sport 
musobaqalariga borishlari maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin