Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarish markazi
"Ma’mun akademiyasi" (IX asr, Bag‘dod,"Baytul hikmat") tashkil etildi. Akademiya ilmiy
ijodkorlari faoliyatida" Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining
qo‘shilishi asosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko‘p
qirrali qorishiq turi vujudga keldi Bunday ko‘p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida
vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Faro‘oniy (247-861),
Ahmad ibn Abdulloh al - Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino
(980-1037), Abu Rayhon Beruniy (975-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo‘lgan.
Demak, bu davr o‘zining
har tomonlama yuksakligi, yaratgan boy madaniy merosi, milliy
qadriyatlari, jahonga mashhur allomalarning yetishib chiqqanligi bilan qimmatlidir. Sharq
mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo‘shgan ulushlari nihoyatda boy bo‘lib,
mazmunan qadriyatlarning barcha yo‘nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. Ular:
-
aqliymadaniyatnishakllantirishbilanboo‘langanqadriyatlar;
-
ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
-
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
-
badiiy-nafis qadriyatlar;
-
diniy qadriyatlar tarzida o‘z iflodasini topgan.
Inson axloqi aqlga, xulq va hatti-harakati esa ilm-fanni o‘rganishga va ma’rifatga
asoslangandagina ma’naviy kamolotga erishadi. Mutafakkir allomalarning fikricha,
insonparvarlik g‘oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishuv chuqur bilim olish
va ma’rifatli bo‘lishga bog‘liq. Shuning uchun umuminsoniy qadriyat darajasida ulug‘laydilar,
jamiyatning barcha a’zolarini ilm
egallashga chaqiradilar, limning inson ma’naviy hayotda
tutgan o‘rnini yuqori baholaydilar.
Forobiy pedagogic qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidag ita’limotini o‘rganishda inson
xislatlari to‘g‘risidag ifalsafiy fikrlarini hoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o‘zining
falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, moddiy va ma’naviy olamin io‘rganishga
ahamiyat beradi.
Forobiy ta’limotiga, inson barch aboshqa jismlardabo‘lmagan qobiliyat va kuchga-ruhiy
quvvatga-aql va so‘zlash qobiliyatiga ega, bu kuchuni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi
va uning ustidan hokim bo‘lish imkoniyatini berganligi namoyon bo‘ladi.
Forobiybudunyoqarashidanarsahodisalarnibilish,
insonaqlinibilimbilanboyitishuniilmli,
ma’rifatliqilishuchunxizmatqiluvchiruhiyjarayonlargaalohidae’tiborberadi.
Forobiyo‘zining
"Baxt-saodatgaerishuvhaqida",
"Fanlarningtasnifi",
"Falsafanio‘rganishdanoldinnimanibilishkerakligito‘o‘risida",
"Ilmlarvasan’atlarfazilati"
kabiko‘plabrisolalaridainsonningma’naviyrivojlanishiilm-ma’rifatgaboo‘liqliginita’kidlaydi.
Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy boo‘liq holda bo‘lishini tavsiya etadi, o‘o‘il
bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o‘rganmoo‘i lozimligini ta’kidlaydi, bu-
ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.
Alloma farzandlarga turli bilim va hunarlar o‘rgatilmoo‘i kerakligini aytib, ularni go‘zal
axloqli qilib, voyaga etkazishni ota-onalarga maslahat beradi:
Xudo kimga zakovat, aql, bilim bersa,
U barcha orzularga qo‘l uzatadi.
Kimning xulqi yaxshi, fe’l-atvori to‘o‘ri bo‘lsa,
U
tilagini topadi, kun va oy unga boqadi.
Yaxshi fe’l-atvor barcha ezguliklarga moyadir, xulq-atvor barchasi yaxshi bo‘lsa, ming-
ming sevinch bo‘ladi.
Umuman, Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" dostonida til odobi, rostgo‘ylik, poklik,
kamtarlik sevgi va vafo, muruvvat, sabr-toqat kabi fazilatlar xususida qilgan Hikmatli pandu
nasihatlari bilan kishilarni, yoshlarni
har bir ishda aql-idrokli, o‘zgalarga g‘amxo‘r va mushfiq
bo‘lishi har bir ishni o‘z o‘rni va o‘z vaqtida ado etishga da’vat etadi. Bir so‘z bilan aytganda
bugungi davr talabiga hamohang ravishda insonni komillikka hidoyat qiladi.
Abu Ali ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-pedagogik asosida yoritib
berishga harakat qiladi. U ayniqsa, oila tarbiyasida ota-onaning o‘rniga alohida to‘xtalib: "Bola
tug‘ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiyalashi kerak",
deb maslahat beradi.
Al-Xorazmiy
esa
insonning
xulq-atvori,
hatti-harakati
mantiqiy
fikrlashga
asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin, degan g‘oyani ilgari suradi.
Alisher Navoiy nazdida ta’ma aralashgan yaxshilik hikmat, himmat insonning ma’naviy
hissiyotiga salbiy ta’sir etuvchi holatdir. Ta’masiz yaxshilik qilish bu saxiylikdir.
Odamgarchilikning eng yuksak belgisi saxiylik va himmatdir. Yuksak insoniylikning o‘lchovi bu
vijdon hisoblanadi. Shu boisdan, Sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, ota-ona, xalq, farzand
burchi haqida olg‘a surilgan g‘oyalarning asosini insonparvarlik tashkil etadi.
Chunonchi, ota-ona farzandlarning o‘zaro munosabati, burchi ma’naviy qadriyatlarning
oltin kalitidir. Alisher Navoiy bu haqda quyidagicha fikrlaydi:
"Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Ikki
jahoningga tilarsan fazo-
Hosil et ushbu ikkisidan rizo.
Tun-kuningga aylagali nur fosh,
Birini oy angla, birisin quyosh.
So‘zlaridin chekma qalam tashqari,
Xatlaridin qo‘yma qadam tashqari".
1
Sharq mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida ma’naviy madaniyatni
shakllantirishning shakl, usul va vositalarini qorishiq holda bayon etdilar. Chunki o‘rta asr
pedagogik fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning lisoniy shakl va usullariga tayangan.
Ta’lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo‘lib hisoblangan edi. Bu qoida ayniqsa, Ibn
Sinoning
tibbiy
risolalarida,
ma`ruzalarida,
"Donishnoma"
asarida,
Kaykovusning
"Qobusnoma", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig", Sa’diyning "Guliston", "Bo‘ston",
Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Mahbub ul-qulub" asarlariga bevosita taalluqlidir.
Mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy fazilatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida
talqin etdilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy
omillarni yuksak
baholadilar. Ular "Fozil jamoa", "Fozil shahar", komil insonni shakllantirishning asosi ma’naviy
omillarga bog‘liq degan g‘oyani ilgari surdilar.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘tmish merosimiz Sharq allomalarining
bebaho asarlaridan to‘g‘ri foydalana olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni
yuksaltiradi, balki komil inson shaxsini shakllantirishda ham muhim hissa qo‘shadi. CHunki
inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan
yaxshilik, adolat, do‘stlik, tinchlik, tenglik,
erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona,
keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy fazilatlar
keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib qolgan.
Dostları ilə paylaş: