22
nikoh vositasi bilan erkak va ayol o’rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. er-
xotin, ota-ona va farzandlar orasida ahlokiy majburiyatlar o’rnatadi.
Nikoh so’zi- (arabcha-qo’shilish) uzbek tiliga arablardan kirib kelgan. Uzbekiston
Respublikasi Niko.x va oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqorolik xolatini
dalolatnomalarining ro’yhatidan o’tkazish yuklatilgan davlat organlarida kayd etiladi, shunday
nikohgina xukuk va majburiyatni vujudga keltiradi. Uzbekiston
Respublikasida nikohni
uning ijtimoiy mohiyati, maqsadiga. ko’ra oilani mustaxkamlash ehtiyojini yosh avlodni ahloqi,
sihat-salomatligini xisobga olib, bir qator shartlarga amal kilgan holda tuzish zarurligi
belgilanadi: bu talablar nikohdan o’tish shartlari deyiladi
a) Nikohdan o’tuvchi shaxslarning o’zaro roziligi (Uzbekiston Respublikasining Nikoh
va oila kodeksi 17-moddasi)
b) Nikoh yoshining belgilanishi (Uzbekyston Respublikasining Nikoh va oila kodeksining 18
- moddasida 1 8-yosh yigitlar, 17-yosh qizlar).
Xalkimizda nikoh eng avvalo arshi a’loda o’kilib, keyin erda, degan naql behuda
aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo’yicha, nikoh ilohiy axd, oila
muqaddasdir. «Xotinlaringiz-ziroatlaringizdir» deyiladi. Kur’oni Karimning Bakara surasi -
223 oyatida. Nikohdan o’tib oila qurishdan asosiy maqsad inson avlodining davomiyligidir.
Nikohga
kirishda yanglishmaslik, mustaxkam oila tashkil topishga olib keladi. Ahil totuv
yashash, halol mehnat muxabbatga asoslangan oila jamiyatning munosib avlod, axloqi pok
jamiyat ishiga, taraqqiyotimizga, mustakilligimizga sadokatli inson tarbiyalab etkazishda
muxim rol o’ynaydi.
Qadimdan Sharq oilalari yigit-kizlarni oilaviy turmushga tayyorlashga alohida
e’tibor
berganlar yigitlar alohida, kizlar alohida maxsus enaga-tarbiyachilar tomonidan
tarbiyalanganlar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining qaroriga binoan 1994 yil «Xajaro oila yili» deb
e’lon kilindi, Respublikamizda 1998 yil «Oila yili, 1999 yil «Ayollar yili» deb e’lon
kilindi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek oila jamiyatning negizi. Bizning
davlatmizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o’zaro xurmat va
kattik tartib bulmasa, oilaning barcha a’zolari uz burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan
ezgulik bilan mexr-okibat kursatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila
turmush va vijdon qonunlari asosida kuriladi, uzning kup asrlik mustaxkam va ma’naviy
tayanchlariga ega buladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-
extiyojlari va kadriyatlari shakllanadi. Uzbeklarning aksariyati uzining shaxsiy farovonligi
tug’risida emas, balki oilasining karindosh-uruglari va yakin odamlarining,
kushnilarining omon-esonligi tug’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa quyadi. Bu
esa eng oliy darajada ma’naviy kadriyat, inson qalbini gavxaridir. Yurtboshimizning bu fikrlari
o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyatining asosini tashkil etadi.
Yurtboshimizning
traqqiyotida jamiyatimiz asosi- o’zbek oilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy xolatida
muxim rol o’ynamokda, chunki oilalarnnsh xar tomonlama yuksalishi jamiyatning
yuksalishi demakdir.
Xuddi shu ma’noda kelajagimiz bo’lmish yosh avlod va uning taraqqiyoti davlat
ahamiyatiga molik masaladir. Ikkinchi tomondan jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bulgan
talabi ham kun sayin ortib bormokda. Ota-onalarning oilada bolalarni xar tomonlama etuk-
barkamol taraqqiyotiga oid layokatni oshirish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Uzbek
oilasining dunyodagi boshka oilalarga uxshash tomonlari kup. lekin shu bilan birga uning
23
uziga xos jihatlari ham yo’q emas. O’zbek oilalarining uziga xos tomoni - xayo-iboning
kuchliligidadir. Ma’naviyatsiz moddiy farovonlikka ham umumtaraqqiyotga ham erishib
bulmaydi. Ma’naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Nohalol ayoldan halol
boshqarish va o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.
Oiladagi psixologik muhit - boshqa har qanday gruppada bo’lgan
qonunlardan
tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabrokdir. Unda kishilar o’z hayotining
ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va
munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti
yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila
a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi.
Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilalarda erning o’ziga va xotiniga bo’lgan
munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar.
Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng
muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera
bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan
oilalargina baxtli bo’lishlari mumkin.
Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a’zolarida
o’ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyg’ularni
shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo’ladi.
Kishilar
bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional
ko’rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini
tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo’lsa shundayligicha
qabul qiladi. Oila a’zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining
muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub’ektiv ko’rsatgichidir.
Kishilarning nomuvofiqligi oila a’zolariningg bir-birlari bilan muomalada va
o’zaro harakatda bo’lgan ehtiyojlarining chegaralanganligidadir.
Dostları ilə paylaş: