KAYFIYaT - birorta emotsiyaning barqaror kechishi.
51.
AFFEKT (lot. ruhiy his-hayajon) — irodaviy nazoratni yo’qotgan holda tez va kuchli paydo bo’lib,
shiddat bilan o’tadigan qisqa muddatli emopional holat.
52.
YoSh DAVRI INQIROZLARI ( grekcha - burilish payti) -bir yosh davridan ikkinchi yosh
davriga o’tishdagi to’qnashuvli vaziyat.
53.
ZEHN — shaxes maxsus qobiliyatlarini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun asos bo’ladigan
anatomik-fiziologik imkoniyat.
54.
IRSIYaT - organizm xususiyatlarining ota-onada tarkib topib, mustah.kamlanib, keyingi
avlodga o’tish jarayoni.
55.
INDIVIDUALLIK - har bir insonni boshqa insondan farqlab turuvchi xususiyatlar yig’indisi,
shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
56.
KASB-HUNAR KONSULTATsIYaSI - jamiyat ehtiyoji va yoshlarning qiziqish va
iste’dodlariga qarab turli kasblar haqida ilmiy tashkil etilgan ma’lumotlarni berish.
57.
KASB-HUNARGA YO’NALISh BERISh - yoshlarning ishga joylashishda xoxishi, qiziqishi,
shakllangan qobiliyati, layoqatiga qarab psixologik, pedagogik va tibbiy tadbirlarni o’tkazish.
58.
QIZIKISh (ahamiyatga ega bo’lib - kishining bilish ehtiyojlarini emotsional namoyon o’lishi bilan
bog’liq motiv.
59.
HAYoL - mavjud tasavvurlarimizga asoslanib, avval idrok qilinmagan, turmush tajribamizda
uchramagan narsa va hodisalarning obrazlarini yaratishdan iborat bo’lgan ongli faoliyat. Hayol inson
ijodiy faoliyatining asosidir.
60.
XARAKAT - maqsadga munofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi,
ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan biri.
61.
IQTISODIY - uy xo’jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini samarali qondirilishini ta’minlash. Farzandni dunyoga keltirish va
voyaga etkazish jarayonida oilaning jamiyatga keltiradigan iqtisodiy foydasi.
62.