Oila psixologiyasi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika Fakulteti



Yüklə 20,36 Kb.
səhifə5/7
tarix26.12.2022
ölçüsü20,36 Kb.
#77936
1   2   3   4   5   6   7
Oila psixologiyasi-fayllar.org (2)

Oilada bolalar tarbiyasi


  • Bolalarda bilimlarni egallashga bo‘lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning-shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo‘lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish ularni vaqtdan samarali va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo‘nalishlari -jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta'lim-tarbiya berish, ularda faoliyat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

  • Oila muhitida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya o‘zida bolani har jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sogэligi uchun g’amxo‘rlik qilish va mas'uliyatli bo‘lishni ta'minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi.

  • Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Bu boradagi dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg’ulotlarga jalb etishdan iborat.

  • Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Uning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar, ota-ona hamda oilaning boshqa a'zolari, shuningdek atrofdagilarga nisbatan adolat, mehr-muxabbat kattalarga hurmat, kichiklarga vijdon, or-nomus, gurur, burch, insonparvarlik, mehnatsevarlik, sahovat, to‘g‘riso‘zlik, kamtarlik muruvvat, intizomni ijtimoiy anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir.

  • Oilada estetik tarbiyani to‘g‘ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta go‘zalliklar (yarim yalang‘och badan, me'yoridan ortiq qilingan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o‘ta darajadagi yaltiroq mato yoki tayinchoqlar) go‘zallikning timsoli emasligini anglab yetishlari lozim.

Yüklə 20,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin