Oila psixologiyasi


Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə36/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Oila psixologiyasi

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
2.Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
maqsadga yo‘naltirilganligi;
ko‘p qirrali jarayon;
uzoq muddat davom etishi;
uzluksizligi;
yaxlitligi;
variativligi;
natijalarning oldindan aniqlanmasligi;
ikki tomonlamalilik;
3.Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar.
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog‘liqligi;
tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi;
faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’siri, o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish;
tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;
tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;
tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:
Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
O‘quvchilar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
O‘zini-o‘zi anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o‘zini-o‘zi anglashi, uning o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub’ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘zini-o‘zi anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki,o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.
Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.
Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tarbiya turlari turli sohalarga ko‘ra tasnif etiladi. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo‘linadi. Institutsional belgilariga bo‘yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo‘linadi. Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining o‘zigina kam samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo‘nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. YUqorida qayd etilgan g‘oyalar to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda – etuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga etkazish uchun xizmat qilishi lozim.
Gerbert Spencer - ingliz olimi “Tarbiya - bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini o‘z ichiga olishi kerak” - deb yozadi, va "bolaning yashash sharoitlari uning shaxs sifatida ulg‘ayishiga bog‘liqligi, ta’sirini misollar orqali keltiradi. O‘zining "Butun shaxsni rivojlantirish" kitobida tarbiyaning aqliy, axloqiy va jismoniy turlarini ko‘rsatib o‘tib, ulardan eng asosiysi axloqiy tarbiyadir deb ta’kidlaydi.2
Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko‘ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy konsepsiyalar bilan bog‘liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin:
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.
YOsh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin