O‘quvchilar o‘zlashtirishini nazorat qilish va baholash Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ma’naviy-intellektual rivojlantirish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.
O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayonini o‘quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim. O‘quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba’zan, tasodifan tekshirishlarning oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi.
1. O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi, talabalarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o‘quv yurtlari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.
3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ularda ko‘tarinki rux, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘zlashtirishni nazorat qilish ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki va amaliy metodlaridan keng foydalanilmoqda. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, metod, o‘qitish shakllari va vositalarini takomillashtirib boradi. Shu boisdan ham, «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi mustahkam o‘rin olmoqda.