Oila psixologiyasi


Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə23/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Oila psixologiyasi

Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi
Buning mohiyati shundaki, barcha xalq ta’limi tizimi muassasalarda berilayotgan ta’lim va tarbiya insonlarni moddiy va ma’naviy kamolotini, aql-zakovatini o‘sishi, insoniy faoliyatini rivojlanishi, o‘zligini bilish va xaq-huquqlari uchun kurashadigan chin vatanparvar bo‘lib etishishlarini maqsad qilib qo‘yadi.
Ta’limning uzluksizligi va izchilligi
Xalq ta’limi muassasalarida berilayotgan ta’lim va tarbiya uzluksiz (ya’ni bir-birini to‘ldiradi) o‘zaro bog‘liq. Har bir ta’lim bosqichi o‘quv reja va dasturlari asosida keyingi ta’lim turlariga moslangan va davomiyligini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida bir maktabdan ikkinchisiga, bir oliy o‘quv yurtidan ikkinchi oliy o‘quv yurtiga ko‘chib o‘tish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim o‘quv rejasi va dasturi, Davlat ta’lim standartlari asosida tizimli, izchil tashkil etiladi.
Umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi
1930 yilda boshlang‘ich, 1949 yilda yetti yillik, 1958 yilda sakkiz yillik, 1970 yilda o‘rta umumiy majburiy ta’limga asos solindi. 1984 yildan boshlab, o‘n bir yillik majburiy ta’limga o‘tildi.
Mustaqillik sharofati bilan mazkur masalada ham o‘zgarish sodir bo‘ldi. Yangi qonun umumiy o‘rta (I-IX sinf) ta’lim, ya’ni IX sinf va keyingi uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar (litsey yoki kollej) ta’limini majburiy deb tasdiqladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi
Qonun yosh avlodni qiziqishlari, iste’dodi, imkoniyatlarni hisobga olgan holda hayotda o‘z yo‘lini tanlashiga keng imkoniyat yaratdi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladigan, akademik litseyda o‘qish yoki kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiradigan, tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonni beradigan kasb-hunar kollejlarida o‘qishni tanlash ixtiyoriydir.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin