Oila psixologiyasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə49/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,54 Mb.
#204065
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Oila psixologiyasi

Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslari
Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko‘p qismini ishg‘ol qiladi. Bu dars turining asosiy vazifasi turli o‘quv fanlariga oid qonuniyatlarni, g‘oyalarni, omillarni o‘rgatish va ularni dastlabki mustahkamlashdir.
Bilimlarni o‘zlashtirish keng tushunchadir. O‘zlashtirishniig uch xil darajasi mavjud: bilimlarni idrok etish, ma’nosiga tushunish, xotirada saqlash darajasida o‘zlashtirish; bilimlarni o‘xshash sharoitlarga tatbiq yeta olish darajasida o‘zlashtirish. O‘quvchilar yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslarida bilimlarni o‘z so‘zlari bilan aytib bera bilish, o‘rganilgan bilimlarga doir omil keltira olish, bugun o‘rganilgan bilimlarni oldin egallagan bilimlardan ajrata bilish darajasida o‘zlashtirmog‘i lozim.
Bu dars turida quyidagicha vazifalar hal etiladi; o‘quv materialining asosiy g‘oyasi, maqsadni anglash; shu bilimlarning inson faoliyatidagi ahamiyatini fahmlash; yangi o‘quv materialiga oid bilimlarni idrok etish; ularning asosiy hususiyatlarini tushunish; o‘rganilgan bilimni qayta esga olish yo‘lini, uni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini egallash.
Yangi bilimlarni o‘rganishda deduksiya va induksiya
O‘quv materiallari,asosan,ikki xil yo‘l bilan o‘rganiladi; deduktiv yo‘l, induktiv yo‘l.
Yangi o‘quv materiali deduktiv yo‘l bilan o‘rgatilganda bolaning aqliy faoliyati ta’rif, qoida, xulosalar, umumlashmalardan amaliyotga qarab boradi. Avval asosida materialning umumiy tomonlari izohlanadi, keyin materialning xususiy tomonlari izohlanadi. O‘quv fanlari (masalan, matematika)ga oid materiallarni izohlashda deduksiyadan foydalangan ma’qul.
Yangi bilimlarni o‘rgatishning ikkinchi yo‘li induksiyadir. Bundan oldin omillar asosida o‘quv materialining hususiyatlari alohida tahlil yetiladi. So‘ngra qoida, qonuniyat, ta’rif, aksioma shaklida xulosalar chiqariladi.
Yangi o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilarning oldin o‘rgangan bilimlari, hosil qilingan malakalari, hayotiy tajribalariga tayanish ta’limning samaradorligini oshiradi. O‘rganilgan bilimlarni, malakalarni, tajribalarni esga tushirish va undan bilimlarni ongli o‘zlashtirish vositasi sifatida foydalanish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: yangi mavzuni o‘rganish uchun kerakli bilimlarni, malakalarni o‘qituvchining o‘zi yeslatadi va yangi bilimlar o‘zlashtirilgan mavzuning davomi sifatida tushuntiriladi: oldin o‘rganilgan materialni o‘quvchilardan birontasi esga tushirib aytib beradi, o‘qituvchi o‘quvchi fikriga bog‘lab o‘z tushuntirishlarini boshlaydi; o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf jamoasi bilan suhbat o‘tkazadilar, keyin yangi mavzuni tushuntirishga o‘tiladi; o‘tilgan mavzuga oid mustaqil ish tashkil etiladi, bajarilgan mustaqil ish ustida suhbat o‘tkaziladi, so‘ngra mavzuni izohlashga kirishiladi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin