Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 110,79 Kb.
səhifə1/17
tarix07.01.2024
ölçüsü110,79 Kb.
#202151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmi-hozir.org


Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari


OILADA YoShLARDA TOLERANTLIK TAFAKKURINI ShAKLLANTIRIShNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.






1.1.

Oilada yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirish – komil insonni tarbiyalashning muhim yo’nalishi




1.2.

Oilada yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning amaliyotdagi ahvoli






II.bob.



OILADA YoShLARDA TOLERANTLIK TAFAKKURINI ShAKLLANTIRIShNING MAZMUNI, SAMARALI ShAKL VA METODLARI.




2.1.

Oilada yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning mazmuni, samarali shakl va metodlari




2.2.

Bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishda maktab, oila va mahalla hamkorligining pedagogik shart-sharoitlari………………………………………………….







Xulosa…………………………………………………






foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati….






ilovalar……………………………………………….






KIRISh
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mustaqillik yillarida butun jamiyat ma’naviy va ma’rifiy hayotida tub islohotlar amalga oshirildi. Mazkur islohotlarning maqsadi milliy madaniy qadriyatlarni va ajdodlar merosini qayta tiklash, ularning mazmunini yangi avlodlarga yetkazish, diniy erkinlikni huquqiy va amaliy jihatdan ta’minlash, bag’rikenglik tamoyillariga suyanish, bularning barchasini demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirishga qaratildi. Demokratik va fuqarolik jamiyati qurish g’oyalari mazkur sohalarda o’tkazilayotgan islohotlarning mazmunini boyitish va takomillashtirishga xizmat qildi. Barpo etilayotgan yangi jamiyatning umuminsoniy gumanitar g’oyalaridan biri sifatida tolerantlik keng targ’ib etila boshlandi.
O’zbek xalqi o’zining qadimiy va boy madaniyati, o’ziga xos sivilizasiyasi va tarixiy merosi tarkibida har vaqt tolerantlik asoslarini targ’ib etib kelgan, shuningdek o’z yashash tarzida, milliy qadriyatlari tizimida tolerantlik va bag’rikenglik tamoyillariga suyangan holda farzandlarni tarbiyalagan.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qayd etganlaridek, «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo’lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag’rikenglik hayot bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi…Ayni shu zaminda ko’p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko’chmanchi xalqlar o’troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar turk qabilalari bilan, musulmonlar nasroniylar va yaxudiylar bilan ko’p asrlar birga yashab kelganlar».1 Shunga binoan «Movarounnahrning musulmon madaniyati etnik sabr-toqat va bag’rikenglik ruhini o’zida aks ettirdi. Uning .... ideali – fozil kishilar shahri nafaqat diniy asosda, balki madaniy va axloqiy negizida ham uyushgan odamlarning hamjamiyatidan iborat bo’lganligi tasodifiy xol emas».2
Tolerantlik g’oyalari o’zbek xalqining azaliy urf va odatlarida, kundalik turmush tarzida va axloq-odobida juda keng o’rin olgan. Tolerantlik tushunchalari va uning unsurlari avloddan avlodga axloq va odob me’yorlari sifatida meros qoldirilib, mahsus ravishda tarbiyalangan. Tolerant tafakkurga ega bo’lgan odam shaxsiy kamolotining yuqori mavqyeiga erishgan inson sifatida qadrlangan. Qo’li ochiqlik, samimiylik, boshqalarning ko’nglini olishga sayi-harakat qilish, mehmonnavozlik, bag’rikenglik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, sabr va qanoatli bo’lish, o’zgani anglash, dardlashish, dildan suhbat qurish, shu bilan birga boshqa madaniyatlarni hurmatlash, ularning merosini avaylash, birgalikda tinchlik va osudalikda yashash ko’nikmalarini bilish va ularga e’tibor bilan qarash, tinch yashash tarzini qadrlash har vaqt xalqimizning azaliy qadriyatlaridan bo’lib kelgan.
Shuningdek, o’zbek xalqining an’anaviy qadriyatlari tizimida xalqlararo va dinlararo nizo va adovatni qoralovchi, turli dinlar o’rtasidagi munosabatlarda o’zaro hurmat-ehtirom va ishonchni, xalqlar o’rtasida hamkorlik va hamjixatlikni targ’ib qiluvchi, hamma insonlarga dini va millatidan qat’iy nazar insoniy mehr-muhabbat bilan yo’g’rilgan insonparvarlik g’oyalari har vaqt targ’ib etilgan.
Ammo tolerantlik tarixiy-ijtimoiy va axloqiy-psixologik norma bo’lib, uning mazmuni yangi zamon bilan hamnafas tarzda o’zgarib, boyib va takomillashib bormoqda. Bir tomondan o’zgarayotgan ijtimoiy-siyosiy voqyelik, globalizasiya va postindustrial rivojlanish talablari, ikkinchidan, ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar, uchinchidan, barkamol shaxs va fuqaro shakllanishini maqsadli olib borish sayi-harakatlari tolerantlik va uni shakllantirish masalalarini yangi mazmunda qayta anglanishini, uning zamonaviy pedagogik mazmunini qayta ishlab chiqilishini, tolerantlikni shakllantirishning usul, shakl va vositalarini zamonga mos ravishda tanlanishini kun tartibiga qo’yadi. Shu bois, bugungi davr ta’lim va tarbiya tizimidan globallashuv g’oyalarini o’zida aks ettirgan tolerantlik tushunchasining mazmunini aniqlash, uni ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlarini aniqlash vazifasini amalga oshirish talab etiladi. Bugungi kunda tolerantlik tafakkurini yoshlar ongida shakllantirish ularni fuqarolik jamiyatida faol yashashga o’rgatishga teng keladi. Tolerantlik g’oyalari zamonaviy davrning eng muhim ijtimoiy va siyosiy g’oyalaridan biri ekanligini namoyon etadi. O’zbekistonda ham so’nggi yillarda tolerantlikning pedagogik mazmuni borasida tadqiqotlar olib borish faoliyati boshlandi. Ammo Oilada Yoshlarda Tolerantlikni Shakllantirishning Pedagogik Shart-Sharoitlari, Vosita Va Shakllari, Uning Pedagogik Mazmuni kabi masalalar hanuz o’rganilganicha yo’q. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, oilada o’smir yoshdagi bolalarning tolerantlik tafakkurini shakllantirish pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, biz o’z nomzodlik dissertasiyamiz mavzusini “Oilada tolerantlik tafakkurini shakllantirish deb belgiladik.



Yüklə 110,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin