Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakillari Reja
Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakillari
Reja:
1. Oila va uning vazifalari.
2. Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari.
3. Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakllari.
Oila va uning asosiy vazifalari.
Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi buyicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan olada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi; bola jamiyatda qiyinchiliksiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bolalikni inson o‘zining butun hayoti davomida his etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi, mulkiy qoidalari yuzaga keltiriladi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi. Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar. Sotsiologlar asotsial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar.
Hamma davrlarda kam oila o‘zining bolalarni tarbiyalashda yordam olishga talabni his etgan. Tarixning ko‘rsatishicha odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik hayot bo‘lib o‘tib ketgan. Zamonaviy rivojlangan jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmokda. Shuning uchun jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash hakidagi zarur bilimlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar, ijtimoiy ishlar xodimlari, ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqat notinch, yomon sharoitdagi oilalar emas, bugungi kunda tinch, yaxshi oilalar ham muhtojlar. Oila haqidagi bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila bu nikox va (yoki) qon-qarindoshlikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy-ishlarini bajaradilar, bir birlariga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu ijtimoiy institut bo‘lib unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayotining asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari, farzand ko‘rish va bolalarning boshlang‘ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar. Oila nikoh munosabatlari insoniyatga kadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayok (15 20 ming yil ilgari) ongli nikoh paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi paydo bo‘lganidayok ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va birgalikdagi bola tarbyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taaluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Oilaning reproduktiv vazifasi
(productio lotincha so‘z - qayta ishlab chikarish, ko‘payish). Oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan reproduktiv(jamiyatning biologik o‘z luksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Reproduktiv vazifani inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. hozirgi kunda 2-3 ta odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormokda. Bunday odamlarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydilar: ta’lim olishda, ishda, malakasini oishirishda, o‘zining qobiliyatini amalga oshirishda. Afsuski, bolaga ega bo‘lmaslik faqat mavjud bo‘lmay, ba’zilari farzand ko‘rishga layoqatli bo‘lganlarda, farzand orttirmay shunday o‘tadiganlar soni Yevropa mamlakatlari oilalarida ortib brmokda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota onalaridan alohida yashashlari, ajralishlari, o‘sib borishi sababli bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormokda, aholining sog‘likni sifati va mamlakatda sog‘likni saqlash rivojlanishi darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit, ahlqksiz hayot kechirish, yomon ovkatlanish, kasalligi va boshqa va boshqa turli xil sababli yoshi katta aholining 10 15% sog‘ligi holati sababli bolaga ega bo‘lishi mumkin emas.
Iktisodiy va xo‘jalik turmush vazifalari
Qadimdan oila har doim jamiyatning boshlang‘ich xujalik tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov qilish va don yetishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalari taqsimlangan bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Qadimdan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy texnik revolyutsiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining ko‘plari (ovkat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi.
Iktisodiy vazifasi
Oila a’zolari uchun boylik to‘plash bilan bog‘lik bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiriladigan buyumlar, tuyga, voyaga yetish yoshiga sug‘urta qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iktisodiy o‘zgarishlar oilaning mol mulk to‘plash, xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyini xususiylashtirish, meros qilib koldirish va shu kabilar masalalaridagi iktisodiy vazifasi yanada faollashib bormokda.
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi. Oila – jamiyatning birlamchi bug‘ini sifatida ko‘p asrlik an’analar, urf – odatlarga tayanib yashaydi. Oila halkning tayanchi, ma’naviy va axloqiy meros makonidir. Oila tajribasini an’ana, urf – odatlar, marosimlar zamirida ijtimoiy hayot tushunchasi va qoidalarini avloddan – avlodga o‘tkazib keladi. Milliy istiqlol g‘oyasining kurtaklari, eng avvalo, oilada unib – o‘sadi. Bu jarayonga ota – onalar va bolalarning hamkorligi, qarindoshlarning o‘zaro yordami, kattalarga izzat – ikrom ko‘rsatish, bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi insoniy mehr – oqibat rishtalari ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi sog‘lom muhit - yuksak ma’naviy – axloqiy hislatlarni shakllantirish kafolatidir. Oila, maktab va voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasining ijtimoiy–pedagogik imkoniyatlari, ularning qonunga buysunuvchi fuqarolarni tarbiyalash yuzasidan birgalikda olib borgan ishlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishni ta’minlaydi.
Oila bola shaxsining shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy mikromuhitdir va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta sekin jamiyatga kirib borishidan iboratdir. Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat madaniyatiga, uning ma’naviy ahlokiy koidalariga, halk an’analariga bolani o‘rgatish ota onalarining majburiy vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifasi.
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoklaydi, erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarnig shaxsiy ibratlari bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi, havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola kattalarning qilganlarini takrorlaydi, ularning harakatlariga taqlid qiladilar.Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof-dunyoga, odamlarga nisbatan yagona ulchov belgisi bo‘lib koladi. To‘g‘ri ba’zan oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay ma’naviy-psixologik muqiti, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Rekreativ va psixoterepevtik vazifasi.
Rekreativ funksiyasi-o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustakkamlash, oila a’zolarinig dam olishini tashkil etishdir. Buning mazmuni oilada inson o‘zini to‘la himoyalangan deb his etadiki, to‘la qabul qilingan uning mavqei, tashki ko‘rinishi, hayotdagi muvaffakiyatlaridan, moddiy ahvolidan kat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iborat. «Mening uyim-mening qasrim» iborasi sog‘lom, tinch oila-dunyodagi hamma notinchliklardan vaktinchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarini to‘plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi.
xotini o‘z uyida o‘zining hokimining hamma kamsitishlar va tahqirlanishga indamay chidab kelgan an’anaviy model endi o‘tmishda qolib ketmokda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoiti yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan bo‘lganda kuchlari ancha yaxshi tiklanadi.
Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari.
Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri –bu oilaning jamiyatda moslashishidir (adapto-moslashish) ya’ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jarayonining asosiy harakteristikasi bo‘lib ijtimoiy maqomi ishtirok etadi, ya’ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati. Oilaning ijtimoiy maqomini aniqlash uchun uning bir qator tzilishi funksional xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oilaning tuzilishi harakteristikalari.
Nikohli sheriklarning mavjudligi (tula, rasman tula, tula emas)
Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, yetuk, kari)
Nikox tuzish tartibi (birinchi, takroriy.....)
Oiladagi avlodlar soni (bitta yoki bir necha avlodlar)
Bolalar soni (ko‘p bolali va kam bolali...)
Oila a’zolarining individual xususiyatlari.
Bularga ijtimoiy – demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi, hamda bolaning karakteristikalari kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutki rivojlnganligi, jismoniy psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyatlari; u boradigan ta’lim tashqilotlari, munosabat va o‘qitish muvoffakiyatlari: o‘zini tutishidagi chetlashishlar, patologik odatlari, nutqiy va psixik buzilishlar mavjudligi.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari, uning tuzilishi va funksional ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikalarini tashkil etadi - oila statusi (lotinchadan status-kolati va vaziyati) Oilaning ijtimoiy moslashishi birligi tashqil etuvchisi - oilaning moddiy ahvoli. Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha mikdorli va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda uning a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa (tirikchilik minimumi va boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim, turar joyi uchun hak to‘lash talablarini kondira olmaydi bunda oila kambag‘al hisoblanadi va uning ijtimoiy-iktisodiy statusi (makomi) past hisoblanadi. Agar oilaning moddiy ta’minlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni agarda ongli hayot kechirish uchun asosiy tartiblarni kondira olsa lekin moddiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablarni qondirishga yetmasa, unda bunday oila kam ta’minlangan hisoblanadi. Daromadi darajasi va yashash yuqori bo‘lib (ijtimoiy normadan ikki barobar ko‘p va undan ortik) faqatgina yashash asosiy talablarini qondirib kolmay yana turli xil xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi, yuqori ijtimoiy-iktisodiy mavqega ega bo‘ladi. Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisi uning psixologik muhiti – oila a’zolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir–biriga munosabati, boshqa odamlarga ishga, atrofdagi xodimlarga karashlari natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror, mustahkam emotsional kayfiyatdir. Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchun er-xotinlar o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar va yaqin karindoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Oilaning psixologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: emotsional erkinligi darajasi, xavotirlanish darajasi, bir-birini tushunish, hurmat qilish hozirgi kunda kundalik hayotda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo‘llaniladi. Yetim (hech kimi yo‘klik) va ijtimoiy yetim (ijtimoiy hech kimi yo‘qlik). Yetim bolalar–bu 18 yoshgacha bo‘lgan ota-onalari yoki birontasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy yetim - bu biologik ota-onalari bor bola, lekin ular qandaydir sababga ko‘ra bola tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar. Bunday hollarda bu bolalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasini jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilar kiradilar:
Ota-onalari vafot etgan;
Ota-onalik huquqidan makrum etilgan;
Ota-onalik hukuklari chegaralangan;
Noma’lum, daraksiz yo‘q hisoblangan;
Ishga (mehnatga ) yaroqsiz (nosog‘lom, ish qobiliyati cheklangan);
Jazoni ijro etish koloniyalarida jazo olayotgan;
Jinoyat qilganlikda ayblanish va qamoqqa olingan;
Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortgan;
Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash ijtimoiy tashkilotlaridan bolani olib ketishdan bosh tortganlar.
Vasiylik va qaramog‘iga olish - yetim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni boqish, tarbiyalash, ta’lim berish va ularning huquq va qiziqishlarini himoya qilish uchun joylashtirish shaklidir.
Vasiylik 14 yoshga yetmagan bolalar ustidan o‘rnatiladi, qaramog‘iga olish 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi.
Yetimlik-jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolaridan biridir. Ota-onasini yo‘qotgan bola - bu alohida, juda kam fojiali dunyodir, ota va onalik bo‘lish ektiyoji bolaning eng kuchli talablaridan biridir.
Ijtimoiy yetimlik bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun xosdir. Masalan: Amerikalik tadqiqodchilar butun dunyo buyicha kasalxonalar, tug‘ruqxonalar, ijtimoiy muassasalar tashlab ketilgan chaqaloqlar bilan to‘lib ketganligini aytadilar. Ularni turlicha “Voz kechilgan bolalar”, “Davlat bolalari”, “Tashlab ketish uchun tug‘ilganlar” ham deb ataydilar.
BMT halkaro ekspertlarining ma’lumotlari buyicha g‘arbiy va sharkiy Yevropa mamlakatlarida tashlab ketilgan bolalar soni keskin oshgani ko‘rsatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bunday bolalar soni ortib bormokda.
Bolalarga muhabbat, ularga e’tiborli bo‘lish O‘zbekiston xalkiga qadimdan odatiy bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu xususda shunday deydi: “Insonparvarlik - bu o‘zbek xalkining milliy ruxi, ajralmas belgisidir. Bag‘ritoshlik va zulm unga yotdir... Bugungi kunda ham o‘zbek oilasi - ezgulik va xayoli bolalarga muhabbat, kattalarni hurmat qilish, yaqinlariga nisbatan va birovlarning dardiga, g‘am-tashvishiga g‘amxur, mehribonlik timsolidir”1
O‘zbek xalki eng yaxshi sharqona an’nalariga amal qilib kar doim mehmondo‘st va do‘stona munosabatda bo‘lgan, urush kurbonlarini asrab boshpana berganlar va ularga g‘amxo‘rlik qilganlar, farzandlarini o‘zlarining tarbiyasiga olganlar(1941-1945 yil) 15 ta yetim qolgan bolani asrab olgan Shomaxmudovlar oilasini eslash kifoya. Urush boshlanganiga Shomaxmudov Shoaxmad va uning rafikasi Baxri Akromova artelda terimchi bo‘lib ishlaganlar. 1966 yili zilzila okibatida boshpanasiz qolgan bolalarni ham o‘z oilasiga qabul qildilar. Shomaxmudov “xurmat belgisi ”ordeni, Baxri Akromova “qahramon ona ordeni bilan mukofotlanganlar”. Ular Rahmat Fayzining “Ulug‘ inson” romanida aytib o‘tilganlar.
Bolalik. Hozirgi zamon sharoitida bolalarni himoya qilish.
Bolalik. hozirgi zamon sharoitida bolalarni himoya qilish. Bolalik. Yetimlik.. jamiyat yetimligi. Qochok bolalar. Ota-ona zulmidan azob chekuvchi bolalar, nogiron bolalar. Bolalikni qanday ko‘rib chiqishi kerak Birinchidan, alohida bolaning rivojlanish jarayoni, uning jamiyatdagi o‘rni, aniqrog‘i jamiyatning bolalar hakidagi g‘amko‘rligi. Bolalik, katta odamning hayotidan bu rivojlanish jarayoni, bolalikda nima qo‘yilgan bo‘lsa katta odamning oyokka turishida shu asos bo‘ladi. Bolaning o‘sishi asoslari shu bilan harakterlanadi-ki , har bir etapda boshqa fizik yetishish bo‘lib o‘tadi., aniq bilish, sezish, rivojlanish, jamiyat hayotining tajribasi. O‘sish bilan birgalikda bolaning jamiyatdagi o‘rni aniqlanib boradi, qaysiki avvaliga oiladan belgilanadi. Shuning uchun oilaning jamiyat oldidagi javobgarligi katta. Bolalar o‘limini oshishi to‘g‘ilishning qisqarishi, nogiron bolalarning o‘sishi buning hammasi-hozirgi zamon ekonomikasining va mamlakatdagi siyosiy krizisning yakunidir. Akolining hayot tarzining pasayishi bolalarning ma’naviy, fizik, ruhiy sog‘ligida aytiladi. Bolalar va o‘smirlar mamlakat aholi orasida himoyasiz kolishdi. Aniq davlat bolalarni va o‘smirlarni kimoya qilish usullarining yukligi ularning xulkida, faoliyatida, muomalasida, jamiyat xulqiga qarshi olib keladi, har xil yo‘llar bilan pul topish.... Ilmning krizisga uchrashi, moliyaviy yetishmovchilik pedagog kadrlarning yetishmovchiligiga kelib takaladi, maktabning jamiyat tarakkiyotidan uzilishi. Bu o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitishi va tarbiyasida ko‘rinadi. Eng avvalo hozirgi zamon sharoitida bolalarni himoya qilish tajribasini ko‘rib chiqishdan oldin “bolalik” tushunchasida to‘xtalmoqchiman. “Bolalik” tushunchasini ko‘rib chiqishni talab etadi. Buning uchun “ maktabga olti yoshdan ”kitobiga murojaat qilish kerak. Ajoyib zamonaviy pedagog Sxaivi Aleksandrovichning kitobiga uning nomi hammaga tanish, har bir o‘qituvchiga tanish, uning tajribasi, uning o‘qitish va tarbiyalash usuli, o‘rganish va andoza olish predmeti bo‘ldi. Bolalik asosining analizi qilganda, tarbiyada qarama-qarshilik, jamiyat va педагогика зарур.
Maktabga – olti yoshdan (barcha)
“Bolalik-nima”
Bolalik tushunchasi –davriy va ruxiy lug‘atda o‘zining aniqligini topmaydi. Qisqasi, uning mazmunining aniq tasavvursiz bolalar, o‘sishi, pedagogik ruhining asosiy o‘rnini aniqlash mumkin emas, yana bolaning xuquqi va harakatini ham. Bolalik insonning birlashishiga hayotdagi aniq davri, lekin bu davr keyingilardan nima bilan fark qiladi. Bolalik tushunchasi kichkina odamning tulik hayoti bilan bog‘lik, agar bola hech narsa hakida uylamasa, o‘zining talablarini qondirish, agar boshqa kech narsa hoklamasa , o‘yindan boshqa, qonikish va o‘yin kulgidek demak u bolalik davrida! Bolalik, usmasisiz fikr qilish kerak emas, albatta bola kattalarning g‘amko‘rligiga va himoyasiga muhtoj. Bu uning bilan bir paytda bizning bolalarga g‘amko‘rligimiz aniqlash zarur, kishilardan uni himoya qilish va saqlash zarur. Bolalikning to‘kin-sochinlik davriga, bundan chiqishga qarshi ko‘mak yaxshi bo‘ladimi hayotga boshqacha qarashga majbur qilsak. Bu bolaga foyda beradimi, yasama sharoitda uni uzoq ushlash. Bu bilan biz bolaga zarar yetkazamiz, bu uni himoyalash bo‘lmaydi. Bu mulohaza aniqlikni talab qiladi. Birinchidan, bolalik to‘kin- sochinlik davri emas. Bu bizga, kattalarga, hayot muammolari tarafdan karasak bolalarda kamchilik yo‘k, ular faqat o‘ynaydi va quvonishadi. Bunday karash noto‘g‘ri. Bolalar hayotida kuddi kattalarnikidek, murakkab muammo, qiyin yechiladigan, yechib bo‘lmaydigan, ular bolalarni o‘ylashi, qiynashi, qiyinchilikni bartaraf qilish uchun kurash, quvonish majbur qiladi. Bolalar orasida va kattalar orasida o‘zaro murakkab muomala kelib chiqadi. Kattalar bolalarga qanchalik qiyin yashash, qanchalik hayot mazmunini ularning tarbiyasida xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Ikkinchidan xaqiqiy bolalik - bu oldinga intilishi tuxtamaydigan, katta bo‘lish, bola katta bo‘lishni hoxlaydi. Ko‘p o‘yinlarda biz kuzatamiz. Bolalar o‘ziga dadasining, oyisining, shifokorning , ko‘ruvchining, soldatning, sotuvchining rolini oladi. Bolaning o‘zidan kichkinaning rolini olishini topish qiyin. Bolalar hayotning mazmuni bolalikning maqsadi tezroq katta bo‘lishdir.
Shu tarzda bolalikka boradigan bo‘lsak bizning o‘rnimizda bolalar boshqacha o‘rin tutishlari kerak. Ular bilan muomalada, ularning katta bo‘lish talabiga to‘g‘ri borish kerak. har doim uning kichkinaligini aytish o‘rinli emas. Bola hakida bizning g‘amxo‘rligimiz pedagogik tushunchada shuni oladiki, biz bilan muomalada u sezsa, bu unga xuddi kattalardek, kichkina boladek emas, ishonsak, muhim ishlarni topshirsak, ular bilan hisoblashsak, unga katta bo‘layotganini sezdirsak. Tarbiyaning vazifasi, bolalarga katta bo‘lishda yordam berish eng kichik harakatini qo‘llab quvvatlashdir. Faqat shunday qilib unga haqiqiy bolalikni berish mumkin. Quvonchi va tasavvuri bolalikning faqat o‘yinchokda o‘z talabini qondirishimiz emas, hayotda o‘zini ochishi, o‘z kelajakka yaqinlashishida. Mana nima uchun bolalar ishlar qiladi, o‘z mustaqilligini isbotlab, o‘yinlarda o‘ynashadi. Uyinchoqlar olishadi, qaysiki ularni kattalar dunyosiga olib kiradigan. Bu sarguzashtlarga to‘la qiyinchilikni va faoliyatni yengish, kelajakka intilish bu bizning bolalarimizning hakikiy bolaligi. O‘n ming yilliklarning orzusi - hoxish, maktabga borish, yanayam ko‘prok bilish, ko‘rish, o‘qishga o‘rganish, yozishga, sanashga, ya’ni do‘stlar ortirishdir, bolalik bu natija bo‘lishi mazmuni shundayki, yanayam mazmunlirok, qizikrok, aqlli, mustaqil hayotning zarurligi muhtojligidir.
Tarbiyada kelishmovchilikning kelib chiqishi hakida. Kattalar va bolaning orasidagi kelishmovchilik, tarbiyachining va tarbiya oluvchining bo‘lishi oz emas. Bu qo‘pol formalarga o‘tish mumkin, yashirin kam o‘tadi, yoki tez uchadi, kelishmovchilikning bartaraf etilishi kattalardan talab qilinadi. Qarama qarshilik kelib chikadi, uni qanday bartaraf etish mumkin. Uspadzening konsepsiyasini bemalol aytmokchiman tarbiyaning tragediyasi hakida. Tarbiyaning maqsadi jamiyat orqali birikadi, tarbiyachi uning amalga oshishiga intilib, o‘z tarbiyalanuvchilari hakida g‘amko‘rlik qilib ularning qiziqishlari bilan to‘qnash keladi.
Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘z lashtirib oladi, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Komil inson – yetuk shaxsning shakllanishida Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va dasturi hal qiluvchi rol uynaydi. Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish o‘z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g‘oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy–siyosiy hayotda ongli ravishda katnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan. O‘z mamlakati takdiri uchun ma’sul bo‘lgan shaxsni tarbiyalash – Kadrlarni tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadlaridan biridir. Shaxsning ijtimoiylashuvini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri uning ijtimoiy faolligi va harakatchanligidir. Ijtimoiy faollik–bu shaxsning jamiyat ishlarida ongli ishtiroki, ularning borishiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkaza olmasdi, uni o‘zgartirish, ularning borishiga ma’lum darajada ta’sir imkoniyati tushiniladi. Milliy dasturning amalga oshirilishi jarayonida halkning milliy madaniy, tarixiy an’analari, urf–odatlari, umumbashariy kadriyatlarga asoslangan yoshlarni tarbiyalashning samarali-tashkiliy va pedagogik prinsiplari ishlab chiqiladi. Ularning asosida yotgan ta’limiy–tarbiyaviy g‘oyalarga ko‘ra shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvorlik kasb etadi. Bunday ustuvorlik qobiliyatli bolalarni qo‘llab–quvvatlash orqali amalga oshiriladi. Qobiliyatli bolalarni o‘qitishning zamonaviy psixologik va pedagogik tashkiliy sharoitlari vujudga keladi, ta’lim metodologiyasi ishlab chiqiladi. Iktidorli bolalar ta’lim – tarbiya’ning monitoringi shakllanadi. Ilmiy–texnik innovatsiya markazi kabi maxsus ta’lim muassasalari tashkil etadi. Bu yerda o‘quvchi yoshlar o‘z qobiliyati, iste’dodini rivojlantiradi, ilmiy–texnika sohasidagi salohiyatini kengaytiradilar. Xalkaro miqyosda axborot va tajriba almashuvi bilan bog‘liq tadbirlar ko‘lami oshmokda. O‘quvchi va mutaxassislarni dunyodagi yetakchi ilm – fan va ta’lim muassalarida o‘qitish imkoniyatlari yaratilmokda. qobiliyatli bolalar, iste’dodli yoshlarni xorijiy davlatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiluvchi «Umid», «Ustoz» kabi jamgarmalarning tashkil etilishi buning kafolatidir. O‘quvchilarning tug‘ma qobiliyatlari va iste’dodini har tomanlama rivojlantirish, milliy va umumbashariy ahamiyatga molik dunyoviy, ma’naviy boyliklardan baxramand etish, shaxs, jamiyat va atrof–muhit munosabatlarida uyg‘unlikka erishish, «Ustoz–shog‘ird»likning tarixiy an’analari asosida samimiy munosabatlarini o‘rnatish – ta’limni insonparvarlashtirishning negizini tashkil etadi. Ta’limni insonparvarlashtirish jarayoni o‘qituvchilarning intellektual–axloqiy imkoniyatlarini ochishning uslub va mexanizmlarini beradi, unga tushangan xolda munosabatda bo‘lishga va uni amalga oshirishga o‘rgatadi. Insonparvarlashtirish ta’lim bilan ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etadi. Bo‘lajak mutaxassislarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida kamolga yetkazadi.
Bizning eng katta yutug‘imiz o‘z boyligimizga o‘zimiz ega bo‘lganimizdadir. Binobarin, ularda minnatdorchilik, g‘urur va ishonch tuyg‘ularini tarbiyalashimiz kerak. Ma’naviy, axloqiy mukammallik, vijdonlilik, or – nomuslik, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘lish va boshqa insoniy tuyg‘ular o‘z–o‘zidan paydo bo‘lib kolmaydi, ularning asosida tarbiya yotadi.
Milliy dasturning amalga oshirilishi jarayonida halkning milliy madaniy, tarixiy an’analari, urf – odatlari, umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yoshlarni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik prinsiplari ishlab chiqiladi. Ularning asosida yotgan ta’limiy–tarbiyaviy g‘oyalarga ko‘ra shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvor kasb etadi. Bunday ustuvorlik qobiliyatli bolalarni qo‘llab – quvvatlash orqali amalga oshiriladi. Qobiliyatli bolalarni o‘qitishning zamonaviy psixologik va pedagogik tashkiliy sharoitlari vujudga keladi, ta’lim metodologiyasi ishlab chiqiladi. Iktidorli bolalar ta’lim – tarbiyaning monitoringi shakllanadi. Ilmiy – texnik innovatsiya markazi kabi maxsus ta’lim muassasalari tashkil etadi. Bu yerda o‘quvchi yoshlar o‘z qobiliyati, iste’dodini rivojlantiradi, ilmiy – texnika sohasidagi salohiyatini kengaytiradilar. Halkaro mikyosda axborot va tajriba almashuvi bilan bog‘liq tadbirlar ko‘lami oshmokda. O‘quvchi va mutaxassislarni dunyodagi yetakchi ilm – fan va ta’lim muassalarida o‘qitish imkoniyatlari yaratilmokda. Qobiliyatli bolalar, iste’dodli yoshlarni xorijiy davlatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiluvchi «Umid», «Ustoz» kabi jamgarmalarning tashkil etilishi buning kafolatidir. O‘quvchilarning tug‘ma qobiliyatlari va iste’dodini har tomanlama rivojlantirish, miliy va umumbashariy ahamiyatga molik dunyoviy, ma’naviy boyliklardan bahramand etish, shaxs, jamiyat va atrof–muhit munosabatlarida uyg‘unlikka erishish, «Ustoz–shogird»likning tarixiy an’analari asosida samimiy munosabatlarini o‘rnatish–ta’limni insonparvarlashtirishning negizini tashkil etadi. Ta’limni insonparvarlashrirish jarayoni o‘qituvchilarning intellektual–axloqiy imkoniyatlarini ochishning uslub va mexanizmlarini beradi, unga tushungan xolda munosabatda bo‘lishga va uni amalga oshirishga o‘rgatadi. Insonparvarlashtirish ta’lim bilan ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarini bartaraf etadi. Bo‘lajak mutaxassislarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida kamolga yetkazadi.
Adabiyotlar:
1.Fitrat A. Oila yoki uni boshqarish tartiblari. –T.: Ma’naviyat, 2000.
2.Munavvarov A.Q. Oila pedagogikasi. –T.:O‘qituvchi: 1996.
3.Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. –T.:O‘qituvchi, 1996.
4.Musurmonova O. Oila ma’naviyati. Milliy g‘urur. –T.:O‘qituvchi, 1999.
5.Hasanboyeva O. va boshqalar. Oila pedagogikasi. –T.: Aloqachi, 2006.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |