Oilaning ijtimoiy vazifalari Glossariy Bajardi: Atoullayeva Shaxnoza
Oila - G‘arb ilmida, “Oila” degan so‘z ikki xil ataladi. 1. Family(oila) – bu biologik tomondan birlashish va nasl qoldirish. 2.Hous ehold (oila) – bu ikki vazifani o‘z ichiga oladi, ya’ni unga oilaning iqtisodiy jihatlari – mol-mulk ta’minoti va oila a’zolarini milliy, diniy, iqtisodiy jihatdan tarbiyalash vazifasi kiradi.
Nikoh - er-xotinlik; er-xotinning qovushishi. Er-xotinlikni shariat yoʻli bilan ras-miylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan oʻqiladigan shartnoma;
Tabu — axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy va
qattiq taqiqdir;
Attraksiya– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.
Jamiyat– tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaqlini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shaqli kishilar o’rtasida amal qiladigan ko’plab munosabatlar majmuasidir.
Sevgi– bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni – “insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
His-tuygu – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shaqllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o’zaro madaniy boglangan hissiyotlaridir.
Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo’lgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida sub’ektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yo’qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
Endogamiya- faqat bir urug‘ vakillari o‘rtasidagi jinsiy aloqa;
Reproduktiv - jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish;
Kommunikativ — oila a’zolarining muloqotga va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
Rekreativ — o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash;
Felitsitologik — oilaviy munosabatlar tizimida shaxsiy baxtga erishishga intilish;
Regulyativ vazifasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi;
Relaksatsiya –(lot. Relaxatio – zo‘riqishning kamayishi, yengillashish); oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash;
Simpatiya -insonga hissiy moyillik, unga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni kuchaytirish hissi.
Shaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror tizimki, uning yordamida inson o‘zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bo‘libgina qolmasdan, balki, yaxshilashga ham qodir bo‘ladi.
Matriarxat - Onalik davri; 1. ibtidoiy jamoa shakli. M. davrida urug‘-aymoqchilik, nasl-nasab, urug‘ guruhi o‘sha davrlarda qabilaning xo‘jalik va ijtimoiy hayotida ayollar mavqeining ustuvor holati bilan belgilangan.