Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari


Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish



Yüklə 100,34 Kb.
səhifə3/4
tarix06.05.2023
ölçüsü100,34 Kb.
#108655
1   2   3   4
Oksidlanish - Qaytarilish Reaksiyalari

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish. Oksidlanish-qaytarilsh reaksiyalarida elektronlar qaytaruvchidan oksidlovchiga o'tadi. Bunda qaytaruvchi bergan elektronlarning umumiy soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlarning umumiy soniga hamma vaqt teng bo'ladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglamalarini ikki usulda tuzish mumkin.

      1. Elektron balans usuli.

      2. Yarim reaksiyalar (ion elektron) usuli.

1-usul. Quyida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalrini tuzishning elektron balans usulini Al bilan CuCl2 orasidagi reaksiyani tenglashtirish misolida ko'rib chiqamiz.
1. Reaksiya sxemasini (koeffisentlarsiz) tuzamiz.
Al  CuCl2  AlCl3  Cu
2. Har qaysi modda formulasida elementlarning oksidlanish darajasi o'zgarganini aniqlaymiz, shu yo'l bilan qaysi modda oksidlovchi va qaysi modda qaytaruvchi ekanligini aniqlab olamiz.
Al0  Cu2Cl2  Al3Cl3  Cu0
Reaksiya sxemasidan ko'rinib turibdiki, Al ning oksidlanish darajasi 0 dan 3 gacha ortdi. Su ning oksidlanish darajasi esa 2 dan 0 gacha kamaydi. Demak, Al qaytaruvchi, chunki Al atomni elektron berdi. CuCl2 esa oksidlovchidir, chunki Cu2 ioni elektron biriktirib oldi.
3. Oksidlanish va qaytarish jarayonlarini ifodalaydigan elektron tenglamalar tuzamiz.
Al 0 – 3e- Al 3 (oksidlanish)
Cu2  2e-  Cu 0 (qaytarilish)
4. Eng kichiq ko'paytuvchi qoidasiga ko'ra oksidlovchi hamda qaytaruvchi shu bilan birga reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar uchun koeffisiyent tanlaymiz, bunda qaytaruvchi yo'qotgan elektronlar soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soniga teng bo'lishi lozimligini nazarda tutamiz. Masalan:

Topilgan koeffisiyentlarini tegishli moddalar formulalari oldiga quyib, sxemadan reaksiya tenglamasiga o'tamiz:
2 Al 0  3 CuCl2  2AlCl3  3Cu
2-usul. E l ye k t r o n i o n l i (yarim reaksiyalar)u s u l i
Bu usul ion yoki molekulalarning reaksiyada kanday uzgarishlarga uchrashini kursatuvchi ionli tenglamalar ( yarim reaksiyalar tenglamalari )ni tuzish va bu tenglamalarni bitta molekulyar oksidlanish- qaytarilish tenglamasiga birlashtirishdan iborat. Quyidagi reaksiyaga elektron - ionli usul yordamida koeffitsiyentlar tanlashni ko’rib chiqaylik :
NaBr + KMnO4 + H2O MnO2 + Br2 + KOH + NaOH
Bu reaksiyada brom va permanganat ionlari uzgarishga uchraydi:
Br -  Br2 ;
MnO4-  MnO2.
Brom ionining oksidlanish va permanganat ionining qaytarilish yarim reaksiyalari tenglamalari tuziladi 1 mol Br2 ning 2 mol Br- iondan xosil bo’lishini xisobga olib , birinchi yarim reaksiyaning tenglamasi
( brom ionining oksidlanishi ) yoziladi:
2Br- - 2e- = Br2
1 mol MnO4- ionning 1 mol MnO2 ga qaytarilishida 2 mol atomar kislorod 2 mol suv bilan ( neytral muxitda) boglanib , 4 mol ON- ionlarni xosil kiladi. Zaryadlar tengligini xisobga olib , ikkinchi yarim reaksiya ( permanganat ionining qaytarilishi) tenglamasi yoziladi :
MnO4- + 2H2O +3e- = MnO2 + 4OH- .

Berilgan va biriktirilgan elektronlar soni teng bo’lganligiga qarab eng kichiq umumiy kupaytma topiladi. Bu kupaytma 6 ga teng bo’lganligi uchun qaytaruvchining yarim reaksiyasidagi ion, molekula va elektronlar 3 koeffitsiyentga kupaytiriladi va qaytaruvchi oksidlovchining yarim reaksiyalarining yarim reaksiyalarining chap va ung kismlari kushiladi :



Reaksiyada uzgarmay koladigan kaliy va natriy kationlarini xisobga olgan xolda oksidlanish- qaytarilish reaksiyasining molekulyar tenglamasi yoziladi :




Yüklə 100,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin