Olamning yaratilishi haqidagi miflar va afsonalar Tayyorladi Is-hozir.org
Yuz yashayin. Tangrim ochuk bizga.
Yuz yil yashayin. Tangrim tomdir bizga.
Kul Tigin yodnomasining tugallanmasida Tangri olamning, butun borliqning yaratuvchisi, hech narsa abadiy emasligi to`g`risida aytiladi. Tangri va yer ibtidoiy fikrlash bosqichida jonli deb tasavvur qilingan. Ayniqsa, Kul Tigin yodnomasining boshlanishida bu jarayonni aniqroq kuzatish mumkin. Inson o`z faoliyati va xatti-harakatidan andoza olib, o`z harakatlarini fazoviy jismlarga (osmon va yer) ko`chirgan. Ibtidoiy davrda tashqi olamda qanday harakat bajarilsa, inson ham shuni takrorlagan. Bunday takror takrorlanuvchi tafakkurning natijasidir. Uning uchun obyekt (Tangri) ham, subyekt (Ota) ham farqsiz bo`lgan, inson ikkovining o`rtasiga chegara qo`ya bilmagan. Inson Tangri va yerga o`z faoliyatini ko`chirib, bu obyektlarni totemlashtirgach, asta-sekin ilohiy tus olavergan.