Birgalikdagi o‘lchash - turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar. Misol, rezistorning 200S dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda o‘lchab topish.
Mutlaq o‘lchash - bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash.
Nisbiy o‘lchash -kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.
O‘lchash usuli– deganda o‘lchash qonun-qoidalari va o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz.
O‘lchashning quyidagi usullari mavjud:
Bevosita baholash usuli - bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish.
O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud:
Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli -o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol qilib uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash. YOki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.
U=U0 Ux; Ux=U0 U Ux bilan U0 qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‘ladi.