O’lchashlar birliligini taminlash boyicha davlat tizimi


O‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar



Yüklə 70,49 Kb.
səhifə5/5
tarix22.12.2023
ölçüsü70,49 Kb.
#190401
1   2   3   4   5
O\'lchovlarning birxiligini taminlashning davlat tizimi — копия

O‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar
ILAC – International Laboratory Accreditation – Akkreditatsiya labaratoriyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro printsipial forum. ILAC shuningdek davlatlarga o‘zlarining shaxsiy akkreditatsiya laboratoriyalarini rivojlantirishi jarayonida maslaxatlar va yordam beradi. Ushbu davlatlar esa ILAC ga a’zo sifatida kirish xuquqiga ega bo‘ladi. [2]
OIML- The International Organisation of Legal Metrology- Xalqaro legal metrologiya tashkiloti. Butun dunyo texnik strukturasini rivojlantirish tashkiloti bo‘lib, u o‘z a’zolariga milliy va regional ishlab chiqarishda talablar qo‘yish va legal metrologiya ilovalari uchun o‘lchov uskunalaridan foydalanishda metrologik yo‘l boshlovchilik qiladi. [2]
IUPAP- The International Union of Pure and Applied Physics – Xalqaro oddiy va amaliy fizika birlashmasi. 1923-yilda tashkil topgan. 2008-yildan uning tarkibida 48 ta fizik birlashmalar mavjud. U o‘z ishini 20 ta komissiyaga bo‘lgan xolda tashkil kiladi. Ulardan biri Standartlar, Birliklar, Nomen-klatura, Atom va Asosiy konstantalar komissiyasidir. [2]
IUPAC – The International Union of Pure and Applied Chemistry – Xalqaro oddiy va amaliy kimyo birlashmasi. Butun dunyo bo‘yicha kimyo ilmini rivojlantirishga maslaxatlar beradigan xalkaro nodavlat tashkilot. IUPAC 1919-yilda tashkil topgan. Unda 8 ta bo‘lim(division) mavjud. [2]
METROLOGY – EURAMET – Yevropa O‘LCHOV STANDARTLARI xamkorlik tashkiloti. Bu tashkilot Yevropa metrologiyasi uchun metrologiya soxasidagi izlanishlar va rivojlanishlarning o‘sishiga yo‘l boshchilik qiladi.2008-yildan ushbu tashkilot tarkibida 32 ta Yevropa Milliy Metrologiya Institutlari MMI va 4 ta davogar MMI mavjud. [2]
ACCREDITATION – EA – Yevropa Akkreditsiya xamkorlik tashkiloti. Yevropa Akkreditlash va Sertifikatlash tashkiloti va Yevropa Akkreditlash labaratoriyalari tashkilotlarnining birlashishi natijasida tashkil topgan. METROLOGY – SIM The Inter-American Metrology System, Amerika Metrologiya Tizimi.34 millat metrologiya tashkilotlari o‘zaro roziligi asosida tashkil topgan. SIM Amerika uchun CIMP MRA ga bo‘ysunuvchi mintaqaviy metrologiya tashkiloti. SIM 5 mintakalarga bo‘lingan : NORAMET, CARIMЕT, CAMЕT, ANDIMET va SURAMET.[2]
ACCREDITATION – IAAC – The InterAmerican Accreditation Coorperation – Amerika akkreditatsiyalash asossatsiyasi. Asosiy vazifasi Amerika davlatlari akkreditatsiya guruxlaridan xalkaro akkreditatsiya uyushmasini qurish. [2]
METROLOGY – APMP – The Asia Pacific Metrology Programme.Osiyo Tich okeani Metrologiya Dasturi. Ushbu tashkilot Developing Economies Committee (DEC) ni tashkil qilgan bo‘lib, u orqali Milliy Metrologiya Institutlarini rivojlantirishi lozim bo‘lgan davlatlarga yordam beradi.[2]
ACCREDITATION – IAAC – The InterAmerican Accreditation Coorperation – Amerika akkreditatsiyalash asossatsiyasi. Asosiy vazifasi Amerika davlatlari akkreditatsiya guruxlaridan xalkaro akkreditatsiya uyushmasini qurish. METROLOGY – APMP – The Asia Pacific Metrology Programme.Osiyo Tich okeani Metrologiya Dasturi. Ushbu tashkilot Developing Economies Committee (DEC) ni tashkil qilgan bo‘lib, u orqali Milliy Metrologiya Institularini rivojlantirishi lozim bo‘lgan davlatlarga yordam beradi.
ACCREDITATION – APLAC – Thee Asia Pacific Accreditation Coorperation- Osiyo Tich okeani Akkreditatsiyalash Korporatsiyasi. Osiyo mintakasi bo‘ylab akkreditatsiya kalibrlash, testlash va qurilmalarni nazorat qilish bilan bog‘lik tashkilotlarning birlashmasidir.
LEGAL METROLOGY – APLMF – Asia Pacific Legal Metrology Forum – Osiyo mintaqasi bo‘ylab Legal metrologiyani rivojlatiruvchi obektlar guruxi. APMP,APLAC va APLMF tashkilotlari Asia Pacific Economic Coorporation tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi.

XULOSA.
Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, bizning yurtimizda har bir sohaga bo’lgani kabi metrologiya sohasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Shuning uchun bir nechta qonunlar ham ishlab chiqilgan. Dunyo bo’ylab ishga qo’yilgan o’lchashlarni birliligini ta’minlash tizimining yo’lga qo’yilganligi metrologiya sohasidagi o’sishni yaqqol ko’rsatib beradi. O’lchashlar birliligini ta’minlash tizimini yo’lga qo’yish hozirgi har bir davlat uchun dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Sababi o’lchashlar birliligini ta’minlash tizimi hozirgi kundagi zamonaviy metrologiyaning eng asosiy tushunchalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Davlatlar maxsus shaxslarni yoki katta idoralarni aynan shu ish bilan shug’ullanishi uchun tayinlashadi. Bizning yurtimizda ham ushbu soha rivojlangan. Bittagina “Metrologiya to’g’risida” gi qonunning o’zi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bundan tashqari mana shu sohani yuritish maqsadida maxsus apparat ham yo’lga qo’yilgan, bu O’zstandart agentligi. Bir so’z bilan O’zbekistonda metrologiya sohasi va o’lchashlarni birliligini ta’minlash tizimi jadal suratlar bilan o’sib va rivojlanib kelmoqda. Yaqin yillar ichida ushbu bo’yicha mutaxasislarimiz jahon darajasidagi mutaxasislarga aylanib ketishsa ham ajab emas.
Yüklə 70,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin