ergashish, ya‘ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda,
bozorda o’z tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste‘molchilari soni
hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist hatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar.
Natijada narxning umumiy pasayishi ro'y berib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya‘ni oligopolistning hatti-harakati samara bermaydi. «Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo'yicha qilingan o'zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya‘ni hech qanday javob o'zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko'pincha bunday holat oligopolist tomonidan o'z tovariga narxni oshirgan chog'ida ro'y beradi, ya‘ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o'z iste‘molchilarini yo'qotib, bozordan siqib chiqariladi.