Олий таълимнинг 30000 – “Бизнес ва бошқарув” таълим соҳасидаги 5230200 – “Менежмент” (тармоқлар ва соҳалар) таълим йўналиши бакалавриат босқичининг – курс талабалари учун


MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH



Yüklə 392,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix18.07.2023
ölçüsü392,19 Kb.
#136859
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
4. MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH
VA UNGA RAHBARLIK QILISH 
 
Talabalarning malakaviy amaliyotiga rahbar etib “Menejment” kafedrasi professor-
o„qituvchilari hamda korxonalarning yetuk mutaxassislari belgilanadi. Nizomga ko„ra talabalar 
malakaviy amaliyotiga rahbarlik va ish borishining nazorati Qarshi muhandislik iqtisodiyot 
institutining “Menejment” kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi. Joylarda amaliyotga umumiy 
rahbarlik ishlab chiqarish, xizmat ko„rsatish korxonasining rahbarlariga yuklatiladi. Dasturning 
ayrim bo„limlari bo„yicha rahbarlikni marketing bo„limining yetakchi marketologlari olib 
boradilar. 


10 
Amaliyotga rahbarning vazifalari quyidagilardan iborat: 

Amaliyotni o„tish dasturiga muvofiq zarur bo„lgan ishlarning bajarilishi ustidan 
nazorat olib borish; 

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonada yetuk mutaxassislar yordamida 
korxonasini rivojlantirish bilan bog„liq bo„lgan ma‟ruzalarni tashkil etish; 

Amaliyot o„tadigan talabalarning amaliyot obektlaridagi 
mavjud tartibga 
bo„ysunishlari ustidan nazorat olib borish, ayrim hollarda, ya‟ni tartib buzilgan paytlarda bu 
haqida institutdagi rahbar bilan xabarlashishlari lozim. 
Talabalar amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirayotgan rahbarning majburiyatlari: 

amaliyot dasturi bilan tanishib chiqish; 

malakaviy 
amaliyotni 
o„tishda qo„llaniladigan 
yakka tartibda tuziladigan 
talabalarning amaliyot o„tish jadvalini tuzishga ko„mak berish; 

talabalarning belgilangan vaqtda amaliyotga kelishlari, ish vaqtidan unumdorlik bilan 
foydalanishlari ustidan nazorat yuritish; 

ishlab 
chiqarish, 
xizmat 
ko„rsatish 
korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy 
ko„rsatkichlari bilan hamda ichki tartib, iqtisodiy axborotlar manbalari va ulardan foydalanish 
tartibi bilan talabalarni tanishtirish; 

maslahat soatlarini belgilash; 

talabalarga dasturda ko„rsatilgan, bajarilishi zarur bo„lgan ishlarga sharoit yaratib, shu 
bilan bir qatorda ularga marketing bo„limida ish joyi bilan ta‟minlash; 

kalendar rejasida ko„rsatilgan topshiriqlar bo„yicha talabalarga topshiriq berish; 

uzluksiz ravishda amaliyot dasturida belgilab qo„yilgan yakka tartibdagi ishlarning 
o„z vaqtida talaba tomonidan bajarilishi ustidan nazorat olib borish; 

Talabalar 
tomonidan 
hisobotlarning 
to„ldirilshi 
to„g„risida 
kundalikdagi 
qaydnomalarni kunora tekshirish; 

Malakaviy amaliyoti vaqtida talabaning tutayotgan xulq atvori to„g„risida 
“Menejment” kafedrasi hamda institut tomonidan belgilangan rahbarga axborot berish. 
Kundalikdagi qaydnomalar xar kuni yozib borilishi, ish kuni so„ngida korxona 
(tashkilot,muassasa) tomonidan belgilangan rahbar kamchiliklarini bildirib dastxatini qo„yishi 
zarur. Amaliyot so„ngida amaliyotchi talaba kundalikning ohiriga o„z dastxatini qo„yadi, 
shundan so„ng ishlab chiqarish korxonasi tomonidan belgilangan rahbar dastxatini qo„yib 
korxona muhriga tavsiya etiladi. 

Yüklə 392,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin