g) axborotning aktualligi –
axborotdan foydalanish vaqtida uning
boshqarish
uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari
o‘zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan
vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
d) axborotning o‘z vaqtidaligi –
uning avvaldan belgilab qo‘yilgan
vazifani
hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
e) axborotning aniqligi –
olinayotgan axborotning ob’ekt,
jarayon,
hodisa va
hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
j) axborotning ishonarliligi –
axborotning real mavjud
ob’ektlarni
zarur
aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.
z) axborotning barqarorligi –
axborotning asos qilib olingan
ma’lumotlar
aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning
hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi –
axborotdir.
Azaldan axborot deganda atrof - muhit ob’ektlari va hodisalari,
ularning
o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng
ma’noda axborot- insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun’iy
qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy
tushunchadir.
Ma’lumki jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya,
madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli
masalalari haqidagi mavjud
ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va
iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Demak axboriy jarayonlarni
ko‘p qirrali jarayon ekanligi ayon bo‘lmoqda.
Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari
xayolga ham keltirib bo‘lmaydigan hajm va tezkorlikda yig‘ish, saqlash, qayta
ishlash
va uzatish, ya’ni avtomatlashtirilgan holda ishlov berish imkoniyatini
yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik
muloqot sohasi dunyossivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma’naviy
qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham behad kengaymoqda. Bu esa o‘z
navbatida jamiyatni yuqori darajada axborotlashgan bo‘lishini talab etadi.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan,
YApon
olimlarining
hisoblashicha,
axborotlashgan
jamiyatda
kompyuterlashtirish
jarayoni
odamlarga
ishonchli
axborot
manbaidan
foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni
avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni
rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot
ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim.
Axborotlashgan jamiyatda
nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush
tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab
chiqarish va iste’mol etishga yo‘naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan
axborotlashgan
jamiyatida intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol
etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan
ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter
texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: