Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

2.
 
Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitishning 
zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari. Ta’lim 
metodlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar
O‘qitish metodlari. 
Ba’zi didaktik metodistlar ta’lim
 
metodlarini 
o‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo‘li, ayrim olimlar esa, ularni o‘qituvchi 
va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim 
metodlarini o‘quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni shaklida qarash 
g‘oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlarining mohiyati, 
o‘quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? 
Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi 
masalasidir.
Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga 
qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu 
yo‘nalishlardan qay biri ma’qul?
YOki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? 
Adabiyotlarda «o‘qitish metodlari», «o‘qish metodlari» kabi terminlar qo‘llanadi. 


SHunday bo‘lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod 
termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li, 
faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan 
hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko‘ra ta’lim mazmunini 
o‘zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
O‘qitish metodi 
o‘qitish jarayonida o‘qitish,
 
tarbiyalash va
 
rivojlantirish 
masalalarini echishga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining tartibli 
bir-biriga bog‘langan faoliyatini anglatadi
3

O‘qitish metodlari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi 
faoliyatining qanday bo‘lishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish 
kerakligini xamda shu jarayonda o‘quvchilar qanday ish xarakatlarni bajarishlari 
kerakligini belgilab beradi.
O‘qitish metodlari o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismi xisoblanadi. 
Faoliyatning tegishli metodlarisiz ta’limning maqsad va vazifalarini o‘quv 
materialining muayyan mazmunini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishga erishib 
bo‘lmaydi.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin