Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki
maktabda o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan
biridir. O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga
oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l qo‘yilgan xatolarning bartaraf etilganligini
aniqlash imkoniyatini beradi. O‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi tajriba
almashinuv jarayoni bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib,
yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va
mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili o‘quv mashg‘ulotini kuzatish, o‘rganish shaklida olib boriladi.
SHu o‘rinda savol tug‘iladi. O‘qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi
lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O‘qituvchining darsi
viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim muassasalari rahbarlari,
xodimlari, metodistlar va o‘qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat
ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil
qilinadi:
ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;
ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish;
o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi;
o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish;
dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning
oldini olish, o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar psixologik xususiyatlarini o‘ziga
xosligini e’tiborga olish;
darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlarini
e’tiborga olinganligi
.
Dars - o‘quv jarayonining juda ko‘p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi
asos hisoblanadi. SHunga ko‘ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus
tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: