Keys topshirig‘i: 1.
O‘zining elektron pochta manziliga ega bo‘lishi uchun E’tibor Xurmatovaga
to‘g‘ri maslahat bering.
2.
E’tibor Xurmatova boshqa shahardagi kasbdoshining elektron pochta
manziliga juda muhim bo‘lgan axborotli xujjatlarini Internet tarmog‘i orqali etkazishi
uchun qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntirib bering.
Tinglovchilar uchun ko‘rsatmalar: 1.
Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
2.
Keltirilgan tushunchalarni saralab oling.
3.
Mavjud voqea yuzasidan muammoga aniq echim topishga harakat qiling.
4.
Echimni bayon eting.
Keysni echish jarayoni: 1.
O‘quvchi keys mohiyatini etarlicha anglab oladi.
2.
O‘quvchi voqea yuzasidan muammoga hal etishga bo‘lgan aniq amaliy
vazifalarni bajarish yo‘larini tahlil qiladi.
3.
O‘quvchi voqea yuzasidan muammoni hal etishga bo‘lgan amaliy vazifalarni
bajarilish ketma-ketligini aniq belgilab oladi.
4.
O‘quvchi echimni bayon etadi.
O‘qituvchining echimi O‘quvchi voqea yuzasidan muammoni hal etishga bo‘lgan amaliy vazifalarni
bajarilish ketma-ketligini aniq belgilab oladi.
2-TOPSHIRIQLI KEYS Keys bayoni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi 2005 yil
28 sentyabrdagi 191 - sonli qaroriga muvofiq ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i
2005 yil 28 sentyabrda tashkil topgan. ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi
ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida
axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Qurbon Madatov ZiyoNET tarmog‘ining kutubxona bo‘limidan tadqiqot uchun
zarur adabiyotni izlab topdi va uni yuklab olishga bir necha marta harakat qilsa hamki,
u adabiyotni yuklay olmadi.
Keys savoli: Nima sababdan Qurbon Madatov ZiyoNET tarmog‘ining kutubxona bo‘limidan
izlab topgan zarur adabiyotni bir necha marta harakat qilsa ham-ki, u adabiyotni yuklay
olmadi ?