73
mayxonasida boqiylar, ya’ni tiriklarga ajratadi. Abdurahmon Jomiy,
Mavlono Sakkokiy, Mavlono Lutfiy va Shayxim Suhayliylarni
“holo
fano dayrida boqiylar”
sifatida tanishtiradi. Akademik B.Valixo‘jayev bu
ma’lumotlar ko‘pgina adabiyotshunoslr tomonidan e’tirof etilgan bo‘lsa-
da, undagi bir nozik ishora e’tibordan chetda qolganini ta’kidlaydi.
Olimning fikriga ko‘ra, “Badoyi’ ul-bidoya” “Debocha”si 1478-79
yillarda yozilgan bo‘lsa, bu paytda nomlari qayd etilgan shoirlar qatorida
Mavlono Lutfiy ham hayot qaydida bo‘lgan. Shundan kelib chiqib,
nuktadon adabiyotshunos shoirning tug‘ilgan sanasini 1385-1386, vafot
sanasini esa 1482-1483 yillar tarzida taxminiy belgilaydi. Holbuki, bu
taxmin, yuqorida ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy va Davlatshoh
Samarqandiy singari Mavlono Lutfiyni yaqindan bilgan XV asrning
buyuk shoir va tazkiranavislari tomonidan qayd etilgan ma’lumotlarga
asoslanganini inobatga olsak, uning haqiqatga nihoyatda yaqinligiga
shubha qilish qiyin. Shunday bo‘lsa-da, taniqli olim o‘zi sinchiklab
o‘rganib, shoir yashagan yillar haqidagi mulohazalarini kitobda uchinchi
taxmin sifatida tavsiya qiladi, xolos. Bu esa taniqli adabiyotshunosgagina
xos nihoyatda kamtarligining bir nishonasidir.
Mavlono Lutfiyning tug‘ilgan joyi masalasi ham akademik
B.Valixo‘jayevni qiziqtirib qo‘ygan. Ma’lumki, 1437-yilda yozilgan
Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida
Dostları ilə paylaş: