2.4. Laboratoriya ishlari boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar Laboratoriya ishlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Minerallarning solishtirma massasini aniqlash.
Ruda boʻlakchalarining oʻrtacha diametrini aniqlash.
Rudalarni maydalanish darajasini aniqlash.
Yanchish tegirmonlarida rudalarning yanchilish darajasini aniqlash.
Namunalarni qisqartirish usuli bilan rudalarning granulometrik tarkibini aniqlash.
Rudalarni magnitli separatorlarda boyitish jarayonini oʻrganish.
Rudalarni konsentratsion stollarda boyitish jarayonini oʻrganish.
Rangli metall saqlovchi rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonini oʻrganish.
Suspenziyalarning quyuqlanish tezligini aniqlash.
Boʻtananing filtrlanish tezligini oʻrganish.
Shixta tayyorlash jarayonini oʻrganish.
Metallurgik xomashyoni oksidlovchi kuydirish.
Metallurgik xomashyoni sulfatlovchi kuydirish.
Metallurgik xomashyoni aglomeratsion kuydirish.
Ruda va boyitmalarni granulalash.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish boʻyicha kafedra tomonidan kerakli tavsiyalar va qoʻllanmalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar uchun laboratoriya ishining maqsadi, laboratoriya ishlarini bajarish tartibi, zarur boʻladigan dastgohlar va laboratoriya ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek laboratoriya ishlarini olib borishda darslik, oʻquv qoʻllanmalar, tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.
2.5. Kurs ishi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar Oʻquv rejalarida kurs ishi (loyiha) kiritilmagan.
2.6. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Gʻalvirlash jarayonlari.
Kuydirish jarayonlari.
Rudalarni boʻlaklash usullari.
Rudalarni maydalash jarayonlari.
Rudalarni oʻzi yanchar tegirmonlarda yanchish jarayoni.
Rudalarni sharli tegirmonlarda yanchish jarayoni.
Gravitatsion boyitish jarayonlari.
Suvsizlantirish va filtrlash jarayonlari.
Aglomeratsion kuydirish jarayonlari.
Flotatsion reagentlarning turlari va ularning sanoatda qoʻllanilishi.
Qumoqlash jarayonlari.
Foydali qazilmalardan foydalanishda boyitishning roli.
Boyitish turlari va sxemlari xamda ularning qoʻllanilishi.
Mahsulotlarni sinflash jarayonlari.
Choʻktirish mashinalarida boyitish.
Boyitishning flotatsion usullari.
Shixta tayyorlash jarayonlari.
Foydali qazilmalarni biotexnologik qayta ishlash.
Mustaqil oʻzlashtiriladigan mavzular boʻyicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.