Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi) Biologiya 11-sinf



Yüklə 109,24 Kb.
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü109,24 Kb.
#179332
1   2   3   4
11-sinf tuman-UZB SAM

C) a - induksion; b - himoyalovchi D) a - himoyalovchi; b - induksion



  1. Nokning tosh hujayralari (1), tut novdasining eng ustki qavati (2), gilos bargining et qavati (3), qovunning asal shiraga boy mevasi (4) qaysi to‘qimaga mansubligi bilan juftlang.

a) mexanik to‘qima, b) qoplovchi to‘qima, c) xlorenxima, d) jamg‘aruvchi to‘qima, e) meristema
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-b, 3-e, 4-d C) 1-b, 2-e, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e



  1. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlarning GCC ACG TAG TGG TGG GGT TCG GAT ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, uchinchi tripletdagi T nukleotidi C nukleotidiga almashsa, mutatsiyadan so‘ng, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini toping.

A) T – 5; A – 7; C – 9; G – 3 B) A – 13; C – 11; T – 13; G – 11
C) A – 5; T – 7; C – 3; G – 9 D) A – 8; C – 16; T – 8; G – 16



  1. Transmissibl va avtonom plazmidlarining o‘xshashligini aniqlang.

1) DNK molekulasi xalqasimon; 2) qiz hujayralariga tasodifiy taqsimlanadi; 3) 3-10 ta geni bor; 4) asosiy xromosomaga birika oladi; 5) antibiotikka chidamli geni bor; 6) antibiotikni parchlovchi genlar bir plazmiddan ikkinchisiga transpozon orqali o‘tadi
А) 1, 2, 3, 5, 6 В) 1, 3, 4, 5, 6 С) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 3, 5, 6


21-30 test savollarining har biri to‘g‘ri javobi 2.6 ball bilan baholanadi





  1. DNK dagi bitta nukleotidning o‘rtacha og‘irligi 345 dalton, oqsildagi bitta aminokislotaning o‘rtacha og‘irligi 120 dalton ekanligi ma’lum. 227700 massali DNK molekulasida mutatsiya tufayli 6 juft nukleotid yo‘qoldi. Natijada hosil bo‘lgan oqsilning umumiy massasini aniqlang.




  1. Diploid navli qalampirning 35ta birlamchi jinsiy hujayrasidan hosil bo‘lgan spermiylarning ma’lum qismi urug‘lanishda qatnashgan. Urug‘lanishda qatnashgan spermiylardagi xromasomalar soni urug‘lanishda qatnashmagan spermiylardagi xromasomalar sonidan 2688 taga kamligi ma’lum bo‘lsa, markaziy hujayrani urug‘lantirishda qatnashgan spermiylar sonini aniqlang.

  2. Ekologik piramidani bug‘doy, chigirtka, kaltakesak va lochin tashkil etadi. Bug‘doyning chorak qismi iste’mol qilingandan so‘ng, lochinning biomassasi 4 kg ni tashkil etsa, bug‘doyning dastlabki umumiy massasini (tonna) aniqlang.




  1. Quyidagi grafikda i-RNK tarkibidagi jami nukleotidlar soni ifodalangan. Ushbu i-RNK sinteziga javobgar DNK qo‘sh zanjiridagi guanin nukleotidlar sonini aniqlang.




  1. Odamlarda gemofiliya va daltonizm kasalliklari ressesiv genga bog‘liq bo‘lib, X jinsiy xromosomada joylashgan. Nazariy jihatdan ular orasidagi masofa 8 Morganidaga teng. Pakanalik esa autasomada joylashgan dominant belgi. Barcha belgisi bo‘yicha geterozigotalik ayol, normal bo‘yli, sog‘lom erkak bilan turmush qurdi. Avlodining necha foizi fenotip jihatdan otaga o‘хshaydi?


  1. Meyoz natijasida hosil bo‘lgan hujayrada 12 ta xromosoma bo‘lsa, shu jarayon interfaza bosqichining G2 davrida hujayrada nechta xromatidalar bo‘lganligini aniqlang.




  1. Tog‘arpa o‘simligining barglarida antotsian rangining yuzaga chiqishi A genga, yashil rangning yuzaga chiqishi esa a genga bog‘liq. Agar 100 m2 maydonda o‘sayotgan 15000 ta o‘simlikdan 600 tasining barglari yashil rangda bo‘lsa, 50 m2 maydondagi o‘simliklardan nechtasining barglari antotsian rangiga ega bo‘ladi?




  1. Quyidagi berilgan rasmga asoslangan holda, oqsil molekulasiga tegishli mazkur (a) va (b) jarayonlarining qanday nomlanishini aniqlang.






  1. Quyidagi rasmda odam yurak siklining turli bosqichlaridagi (I, II) holati tasvirlangan.

Ushbu rasm asosida quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri ekanligini aniqlang.


a) yurak siklining II bilan belgilangan bosqichida chap va o‘ng qorinchalar qisqarib, tomirlarga qon chiqaradi; b) 1 va 2 raqamlari bilan belgilangan qon tomirlarida arterial qon harakatlanadi; c) yurak
siklining I bilan belgilangan bosqichida o‘ng bo‘lmacha uch tavaqali klapan orqali o‘ng qorinchaga, chap bo‘lmacha ikki tavaqali klapan orqali chap qorinchaga ochiladi; d) 1 va 5 raqamlari bilan belgilangan qon tomirlar katta qon aylanish doirasining arteriya qon tomirlari hisoblanadi; e) yurak siklining II bilan belgilangan bosqichida chap va o‘ng bo‘lmachalar bo‘shashadi.



  1. Qonning ivishi jarayonini to‘g‘ri ketma-ketlikda belgilang.

a) tromboplastin fermenti qon plazmasiga chiqadi; b) trombotsitlar yoriladi; d) trombin fibrinogen oqsilini fibringa aylantiradi; e) tromboplastin protrombin fermentini trombinga aylantiradi; f) fibrin tolalari to‘r hosil qiladi; g) qon hujayralari fibrin tolalari orasiga tiqilib qoladi; h) qon laxtasi quyuqlashadi. Baed fgh


◆◆ olympiad.uzedu.uz Telegram (https://t.me/olimpdep)



Yüklə 109,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin