Olimpiya Kongresslari va xalqaro olimpiya harakatining dolzarb m-fayllar.org (2)
Kongress tomonidan yakunlovchi deklaratsiya :
Olimpiya o'yinlarida «ochiq o'yinlar» uchun joy yo'q;
Olimpiya o'yinlariga sportchilarni qo'yish tamoyillari («26-qoida» Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi;
Olimpiya (marosimlari) har doimgidek davom etadi;
Olimpiya o'yinlarini turli mamlakatlarda o'tkazish amaliyoti davom ettiriladi;
Olimpiya o'yinlarini tashkil qiluvchi qo'mita va XOQ, XSF, MOQlarining o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;
doping iste'mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab chiqiladi;
sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;
«Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko'paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko'maklashish tadbirlari rejalashtiriladi;
matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko'proq yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e'tibor berish;
mamlakatlarning hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda ko'mak so'rash;
xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo'l ochish.