Olimpiya o‘yinlaridan olingan umumiy daromad. (2005-2008 yillar)
Olimpiya o‘yinlaridan olingan umumiy daromad 2005 yildan 2008 yillargacha to‘rt yillik davrda 5 milliarddan ortiq AQSH dollarini tashkil etdi, ulardan 47% televizion huquqlarini sotishdan, 45% homiylikdan va faqat 5% chiptalar sotishdan bo‘ldi. Raqamli ma’lumotlar oxirgi o‘n yilda XOQning daromadlarini barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda.
Olimpiya o‘yinlaridan olingan umumiy daromad. (2010-2012 yillar)
Televideniyadan daromad 2010-2012 yillarda 3 milliard AQSH dollari atrofida bo‘lib, uning uchdan ikki qismi NBC dan huquqlar olishga to‘g‘ri kelgan, televizion daromadlarning 88% Evropa va Amerikadan kelgan. Internetdan foydalanish va kirishning o‘sishiga qaramasdan “yangi OAV” huquqlarini olish uchun mablag‘lar 1% daromadlarning yarmini tashkil etadi. Televizion daromadlarning katta qismidan tashkiliy qo‘mitalar harajatlarini qoplash uchun foydalaniladi.