a. Asal qabul qilganlar guruhida yaxshilanish bali uchun medianani hisoblang.
b. Yo’talga qarshi dori DM qabul qilganlar guruhida yaxshilanish bali uchun medianani hisoblang.
c. Nazorat guruhidagi yaxshilanish bali uchun medianani hisoblang.
d. a–c bandlardagi natijalar asosida pediatriya tadqiqotchilari qanday xulosaga kelishlari mumkin?
5. Radioaktiv lishayniklar. Alyaska universitetining lishayniklardagi radioaktivlik darajasini tekshirishga
bag’ishlangan tadqiqotiga nazar tashlang, 2.36-mashqda keltirilgan. Har 9 ta lishaynikka mos keluvchi tseziy-137
radioaktiv elementining miqdori (mikrokyuri/millimetr) quyidagi jadvalda takrorlangan va
LICHEN faylida saqlangan:
Joylashuvi Bethel
−5.50
−5.00
Eagle Summit
−4.15
−4.85
Moose Pass
−6.05
Turnagain Pass
−5.00
Wickersham Dome
−4.10
−4.50
−4.60
Manba: Lichen Radionuclide Baseline Research Project, 2003, p. 25. Orion, University of Alaska–Fairbanks.
a. Radiaktivlik darajasining o’rtachasi, medianasi va modasini aniqlang.
b. a bandda hisoblangan har bir markaziy tendentsiya o’lchovlari qiymatlarini tushuntiring.
6. Professional golfchilarning boshqaruv ijrosini baholash. Northeastern universitetining tadqiqotchilari
Professional Golf Assotsiatsiyasining musobaqalarida golfchilarning umumiy boshqarish ijrosini baholashning yangi bir
usulini rivojlantirishdi (
TheSportJournal , qish, 2007). Ushbu usul golfchining o’rtacha yurgan masofasi (yardlarda) va
yurish aniqligini bilishni talab qiladi. Ushbu ikki o’zgaruvchining qiymati boshqarish ijrosi indeksini hisoblashda
foydalaniladi. 40 ta eng yuqori o’rindagi (yangi usul yordamida baholangan) Dastlabki va oxirgi 5 ta kuzatuv quyidagi
jadvalda keltirilgan.