16. Iqtisodiyot sohasida doktorlik darajasi dasturlari reytingi. Har yili iqtisodiyot sohasida doktorlik
darajasini olish maqsadida minglab talabalar xujjatlarini aspiranturaga topshiradilar. The Southern Economic Journal
(aprel, 2008) da iqtisodiyot sohasida doktorlik dasturlari bo’yicha 129 ta kollej va universitetlarning reytingi bo’yicha
yo’llanmani chop etdi. Doktorlik dasturlari bo’yicha dars beruvchi fakultetlarning chop etilgan ilmiy ishlar va ularning
sifati bo’yicha baho berildi. Doktorlik dasturlari bo’yicha samaradorlik ballarini aniqlashda ijtimoiy ilmiy ixtiboslik
indeksidan foydalanildi. 129 samaradorlik ballarining o’rtacha miqdori va standart chetlanishi har bir dastur bo’yicha z-
bahoni hisoblash uchun foydalanildi. Garvard universiteti z-baho (5.08) bo’yicha reytingda eng yuqori o’rinni egalladi,
Govard universiteti esa eng pastki o’rinni egalladi, chunki uning z-bahosi (-0.81) eng kichik qiymatga ega bo’ldi. Garvard
universiteti uchun z-bahosini izohlang.
a. Govard universiteti uchun z-bahosini izohlang.
b. The Southern Economic Journalning mualliflari xabar berishicha, 129 ta bahoning faqatgina 44 tasi musbat
z-baholariga ega bo’lib, taqsimot shakli o’ng tomonlama assimmetriyaga ega. Siz bunga qo’shilasizmi? (
ECOPHD faylidagi z-baholar bo’yicha gistogrammani qurish asosida javobingizni tekshiring).
17. Imtihon tadqiqotida ko’k rang qizil rangga qarshi. Tashqi omillarning ijroga ta’sirini o’rganuvchi
psixolog olimlar Alberta universiteti va Pensilvaniya shtati ikki turli shakldagi oraliq nazorat imtixonini baholash uchun
psixologiya yo’nalishi boshlang’ich bosqich katta guruh talabalariga imtixon topshiriqlarini berishdi. Imtixondagi
savollar o’xshash bo’lib, biroq turli rangdagi – biri ko’k, ikkinchisi qizil rangdagi qog’ozga chop etilgan edi (Teaching
Psychology, May 1998). Qiyin savollar bo’yicha guruhlanganda, olimlar, ko’k qog’oz bo’yicha imtihon natijalari
o’rtachasi 53% va standart chetlanishi 15% ga teng taqsimotga egaligini aniqlashdi, qizil qog’oz bo’yicha imtihon
natijalari o’rtachasi 39% va standart chetlanishi 12% ga teng taqsimotga ega ekanligini aniqlashdi. (Faraz qilingki, ikkala
taqsimot ham qo’rg’on shakliga ega va simmetrik).