Oliy matematika, statistika va ekonometrika


-mavzu. Mehnat bozori statistikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   237
statistika

11-mavzu. Mehnat bozori statistikasi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori statistikasining vazifalari va uni statistik o’rganishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati. 
Mehnat resurslari tushunchasi va uning sonini aniqlash. Mehnat resurslari balansi va uning ahamiyati. 
Iqtisodiy faol va nofaol aholi tushunchasi hamda ularning tarkibi. Ish bilan band aholi va ishsizlik statistikasi 
ko’rsatkichlari. Aholining bandlik holati bo’yicha tasnifi. Ish bilan band aholi soni va tarkibi ko’rsatkichlari.Ishsizlik 
shakllari, turlari va darajasi. Ishsizlik darajasi dinamikasini statistik o’rganish. 


189 
Xodimlar statistikasi ko’rsatkichlari. Ishchi kuchi harakati ko’rsatkichlari. Ish vaqti fondlari va ulardan 
foydalanish koeffitsientlari. Ishchi kuchi va ish vaqti fondi balanslari.
Mehnat unumdorligi to’g’risida tushuncha va uni statistik o’rganishning ahamiyati. Mehnat unumdorligining
darajasi va dinamikasini aniqlash ko’rsatkichlari. 
Mehnat haqi shakllari va tizimlari. Ish haqi fondi va tarkibi ko’rsatkichlari. Ijtimoiy to’lovlar statistikasi.
 
12-mavzu. Milliy hisoblar tizimi va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 
Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixi. Xalq xo’jaligi balansi (XXB) va milliy hisoblar 
tizimi (MHT) o’rtasidagi farqlari va o’xshashliklari. MHTni yuritish zaruriyati. MHT schyotlari tizimi tarkibi, ularni
tuzishning umumiy qoidalari. Institutsional sektorlar va MHT. 
Makroiqtisodiy tahlillarda MHTdan foydalanish. 
YaIM – mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichi ekanligi. Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish 
sohasini chegaralash. Ishlab chiqarish hajmini aniqlash printsiplari (qoidalari) va baholash turlari: omil, asosiy, ishlab 
chiqaruvchi va xaridor baholari. YaIM hajmini hisoblash usullari. YaIM hajmini ishlab chiqarish usulida hisoblash. 
YaIM hajmini daromadlarni taqsimlash usulida hisoblash. YaIM hajmini pirovard foydalanish usulida hisoblash. 
Nominal va real yalpi ichki mahsulot tushunchasi. YaIM hajmini o’zgarmas (solishtirma) baholarda hisoblash usullari. 
YaIMning deflyatori. Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari. 
Daromadlar to’g’risida umumiy kontseptsiyalar va MHTdagi daromad ko’rsatkichlari. Dj Xinsning daromad 
haqidagi ta’limoti. Yangi MHTda Dj Xiksning ta’limotiga kiritilgan aniqliklar. Nominal va real daromal.
Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi. Yalpi milliy daromad, sof 
milliy ixtiyordagi daromad, yalpi milliy jamg’arma, sof milliy jamg’arma ko’rsatkichlari statistikasi . 
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni xalqaro taqqoslash.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin