61
xarajatlar usuli bo’yicha hisoblashda inobatga olish zarur.
Boshqa tomondan, mamlakatda uy xo’jaliklari yoki davlat
tomonidan iste’mol qilingan iste’mol va investitsion tovarlarning bir qismi xorijdan import qilingan bo’lishi mumkin. Shu
sababli ular mamlakat YAIM tarkibiga kiritilmasligi kerak, chunki ular xorij mamlakatlari ishlab chiqarish faoliyatining
natijasi bo’lib hisoblanadi va ularni YAIM tarkibidan chiqarish kerak.
Shunday qilib, birinchi holatda eksportni YAIM tarkibiga qo’shdik, ikkinchisida esa – ayirdik. Ushbu farq sof
eksport deb nomlanadi. Qayd qilish lozimki, sof eksportning miqdori
ham musbat, ham manfiy bo’lishi mumkin.
Import hajmini hisoblashda, tovarlarning nafaqat xorijdan olib kelinganligi, balki xorijdan olib kelinish tranzit yoki
uchinchi mamlakat bilan xorijiy operatsiyalar sharoitida ham sodir bo’lishi mumkinligi sababli,
mamlakat ichida
foydalanganligi ham hisobga olininshi talab qilinadi. Xuddi shu sababli, har qanday mamlakat hududidan tovarlarni olib
chiqishlar ham, eksport bo’lib hisoblanmasligi mumkin.
Import va eksportning quyidagi turlari mavjud:
– bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) import va eksport. Bunda tovarlar bevosita chet eldan ushbu mamlakat iqtisodiy
hududiga olib kelinadi va chet elga olib chiqiladi;
– tovarlarni omborxonalarda saqlash operatsiyalari.
Dostları ilə paylaş: