2018 yilning 1 sentabridan boshlab OTMlariga professor-o‘qituvchilar tarkibini ishga qabul qilish qanday amalga oshiriladi?=Tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra
2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar uchun umumiy qabul kvotasi necha nafar etib belgilandi?=69 200 nafar
2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga magistratura uchun umumiy qabul kvotasi necha nafar etib belgilandi?=5 903 nafar
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturada qanday yangi tizim joriy etiladi?=Alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati uch yil bo‘lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bo‘lgan magistratura
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qish qanday tashkil etiladi?=Ishlab chiqarish (amaliy, kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab maxsus sirtqi bo‘limlarda bakalavrlar uchun umumiy qabul kvotasi necha nafar etib belgilandi?=yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorida
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshiriladi?=Maktabgacha ta’lim
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab OTMlari bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish qanday amalga oshiriladi?=Suhbat asosida test sinovlarisiz
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab tayanch(yetakchi) oliy ta’lim muassasalariga qanday imkoniyat berildi?=Tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish