Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi



Yüklə 2,59 Mb.
səhifə32/110
tarix14.12.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#176809
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
2-kurs uchun Bolalar kutubxonasi

3-ILOVA: KICHIK GURUHLARGA BO‘LIB, ISHLASH QOIDASI.

Aqliy hujum qoidasi:



Hech qanday birga baholash va tanqidga yo‘l
qo‘yilmaydi!
Taklif etilayotgan g‘oyani baholashga shoshma, agarda u hattoki ajoyib va g‘aroib bo‘lsa ham – hamma narsa mumkin.
Tanqid qilma – hamma aytilgan g‘oyalar qimmatli, teng kuchlidir.
O‘rtaga chiquvchini bo‘lma!
Turtki berishdan o‘zingni ushla!
Maqsad miqdor hisoblanadi!
Qancha ko‘p g‘oyalar aytilsa, undan ham yaxshi: yangi va qimmatli g‘oyalarni paydo bo‘lishi uchun ko‘p imkoniyatdir.
Agarda g‘oyalar qaytarilsa, xafa bo‘lma va xijolat
chekma.
Tasavvuringni “Jo‘sh urishiga” ruxsat ber!


4-ILOVA: O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARNI BAHOLASH MEZONI:

5” ball - “a’lo”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan to‘liq bilimga ega bo‘lsa va bunda o‘zlashtirilgan mavzuga doir barcha savollarga to‘liq og‘zaki javob berganda va bunda nutqi ravon bo‘lsa, berilgan masala yoki mashqlarni to‘la va aniq bexato bajarganda, mustaqil fikrlash asosida turli xil muammoli masala va savollarni ko‘tara olsa va ularni yechish uchun harakat qilsa, fikrlash doirasi umuminsoniy qadriyatlarga mos kelganda, qo‘yilgan muammoli masalalarga ijodiy yondosha olsa va o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lsa qo‘yiladi.


4” ball - “yaxshi”. O‘quvchi o‘zlashtirgan mavzu yuzasidan to‘liq bilimga ega bo‘lsa va bunda o‘zlashtirilgan mavzuga doir savollarga javob qaytarishda ba’zi bir xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, berilgan masala yoki mashqlarni to‘la lekin bazi bir xatoliklarga yo‘l qo‘yib bajarganda, mustaqil fikrlash asosida turli xil muam-moli savol va masalalarni ko‘tara olsada, ularni yechish yo‘llarini bilmaganda, fikrlash doirasi umuminsoniy qadriyatlarga mos kelganda va o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lganda qo‘yiladi.
«3» Baho quyidagi hollarda qo‘yiladi:
a) o‘quvchi asosiy manbani o‘zlashirib olgan bo‘lsada, uni aytib bеrishda qiynalsa;
b) javoblari, o‘qituvchining qo‘shimcha va aniqlik kiritishini talab etadigan savollar bеrilishi bilan to‘ldirilsa:
v) takrorlab aytib bеruvchi haraktеrdagi savollarga javob bеrishni afzal ko‘rsa va shaklan o‘zgartirilgan savollarga javob topishda qiynalsa:
g) yozma ishlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin