Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti san’atshunoslik



Yüklə 42,69 Kb.
səhifə6/8
tarix22.12.2023
ölçüsü42,69 Kb.
#189784
1   2   3   4   5   6   7   8
Sarvinoz

Xulosa


Mixail Ivanovich Glinka- rus klassik musiqasi asoschisidir. U qahramonona va ertak-epik tarzdagi rus milliy klassikoperasining yaratuvchisi, rus klassik simfonizmining , go'zalligi bo'yicha o'lmas qo'shiq va romanslar ijodkoridir. Mixail Ivanovich Glinkao'zining musiqiy tilini rus xalq qo'shig'i asosida yaratdi. Bir vaqtning o'zida и boshqa mamlakatlar musiqasi bilan ham juda qiziqardi. Rus kompozitorlari ichidabirinchilardan bo'lib Glinka o'z musiqasida Sharq xalqlari musiqasining o'ziga xos xususiyatlarini joriy qildi. Rus qo'shiqlari bilan bir qatorda “Ivan Susanin” operasida Polsha milliy raqs ritmlari, ispancha uverturalarda esa ispan xalq ohanglari jaranglaydi. Mixail Ivanovich Glinkaravon italyan qo'shiq ohanglaridan o 'z asarlarida keng foydalandi. M.I.Glinkaning yorqin va hayotbaxsh musiqasi - rus musiqa madaniyatining xazinasidagi bebaho boylikdir. Uning asarlari misolida keyingi avlod rus kompozitorlari saboq oldilar, ular Glinka ijodining turli qirralarini o ‘ziga xos tarzdarivojlantirdilar. Glinkadan bo'lib qolgan an’analar rusmusiqasining kelajak rivoji uchun asos bo'lib xizmat qildi
.Glinka boshlagan ishni davom ettiruvchilar uning o ‘zi kabi o'zsan’atlari bilan xalqqa xizmat qilish, asarlarida xalq hayotini haqqoniy aks ettirishga harakat qildilar. Glinka ijodining muhim ahamiyati ham ana shunda. Kompozitor xonadonida shoirlar, yozuvchilar, aktyorlar va xonandalar, ilg'or musiqachilarto'planishardi. Uning huzuriga o'sha vaqtda o'zining “Rusalka” asarini tamomlayotgan A.S.Dargomijskiy,yosh musiqa tanqidchilari: A.N.Serov va turishardi. Tez orada ular qatoriga keyinchalik “Moguchaya kuchka”(“Qudratli to'da”)ning boshlig'i bo'lgan, iqtidorli yigitcha M.A.Balakirev kelib qo'shildi. singlisigaquyidagi mazmunda xat yozadi: “...Balakirevda musiqaga taalluqli bo'lgan barcha qarashlarining mening qarashlarimga juda yaqinligini ko'rdim... vaqt o'tishi bilan u ikkinchi Mixail Ivanovich Glinka bo'ladi”.
Mixail Ivanovich Glinkarus musiqasining rеalizm davrini ochib bеrdi. U haqqoniylikka va oddiylikka intilib, umumiylik va o‛ziga xoslikni aniq musiqiy obrazlarda ifoda etdi. Rossiya musiqashunoslari Glinka ijodini o‛rganish asnosida kеng miqyosli musiqiy-estеtik muammolarni ilgari surdi. Uning ijodini tahlil qilish
asosida musiqa to‛g‛risidagi profеssional adabiyot paydo bo‛ldi. Glinkaning asarlari tarixiy, estеtik, musiqiy-ijodiy nuqtai-nazardan o‛rganildi. V.F.Odoеvskiy, A.N.Sеrov, V.V.Stasov, G.A.Larosh, P.P.Vеynmarn, N.F.Findеyzеn, N.D.Kashkin, A.N.Rimskiy-Korsakov, B.V.Asafеv, D.D.Shostakovich, V.V.Protopopov, T.N.Livanova va boshqa ko‛plab tadqiqotchilar uning ijodi asosida musiqa tеatri va musiqa ijrochiligi, opеra dramaturgiyasi muammolariga, simfonizm tamoyillariga, musiqa tili xususiyatlariga bag‛ishlangan ko‛plab tanqidiy maqolalar yozdilar.

Yüklə 42,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin