Ma'lumot o'quv-tarbiya natijasida vijudga kelib, olgan bilim, ko'nikma va tajribalar asosida shakllangan va o'zlashtirilgan bilimlar yig'indisi.
O'quv, tarbiya, ma'lumot bir biri bilan tug'ridan-tug'ri bog'langan jarayon bo'lib o'qituvchi-tarbiyachi va o'quvchi bilan hamkorlikda ishlashning natijasini ko'rsatuvchi etakchi xizmat turidir.
O'qitishning metodologik asosi bu bilish jarayoni hisoblanadi. Demak o'qitish jarayonida o'quvchi tajribada ko'rgan oddiy va aniq emas bilimlarni ongli o'zlashtirish yo'lini bosib o'tadi. Bilish jarayoni nazariya va amaliyat bo'lib ikkiga bo'linadi.
Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni namoyon qiladi. Nazariya har xil shakllarda o'z ifodasini topadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik sonlar va hokazo. Nazariyada g'oya vijudga keladi.
Amaliyot bilimlarni haqiqatligining ko'rsatuvchi daraja hisoblanadi. Kuzatish, tajriba, o'zgartish va yangilish bu amaliyat turlariga kiradi.
Amaliyot ijtimoiy turmush va tabiatning qiyin jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol hisoblanadi.
O'quv jarayoni o'quvchilarning bilish imkonyatlarini rivojlantirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
o'quvchilarning ma'lum darajada tarbiyali inson bo'lib etishishini
ta'minlaydi va ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi.
O'quv insonning rivojlanishini ta'minlovchi jarayon bo'lib o’quvchilarning bilim darajasini muhokama qiladi va hozirgi davr o'quchvilarga mos darajada bilim va tarbiyaga ega bo'lishini ta'minlaydi.
O'quv jarayonining mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
bilim
ko'nikma
tajriba
O'quvchilar o'qish orqali bilim bilan qurollanadi. O'quvchilar egallagan nazariy bilimlarini amaliyatta natija beradigan darajada qo'llana bilishi kerak.