O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Jizzax davlat pedagogika universiteti
rektori, prof. Sh.S.Sharipov
___________________
2023 yil “____”___________
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika va axborot texnologiyalari fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish; informatika sohasi bo‘yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash; ta’lim-tarbiya sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqida tassavvurlarini rivojlashtirish va hamda chuqurlashtirishdir.
Fanning vazifasi:– bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umum ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanlarining axamiyatini, uning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, informatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Informatika o’qitish metodikasi fan sifatida. (2 soat)
Informatika o’qitish metodikasi fani va uning tarixi. Informatika o’qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Informatika o’qitish metodikasi va uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni va roli.
2-mavzu. Informatika yo’nalishidagi fanlarini o’qitishda didaktik tamoyillar. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda didaktik tamoyillar. Didaktik tamoyillar asosida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini didaktik tamoyillar asosida o’rganish.
3-mavzu. Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni. (2 soat)
Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalarining mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va unga qo’yiladigan talablar.
4-mavzu. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni. (2 soat)
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fani va uning tutgan o’rni. Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda uzviylik va uzluksizlik.
5-mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning o’quv-metodik ta’minoti. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanining ta’minoti va uning turlari. Informatika va axborot texnologiyalari fanining o’quv-metodik ta’minoti. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning dasturiy ta’minoti.
6-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. (2 soat)
Pedagogik dasturiy vositalar va ularning turlari, tavsifi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar yaratish uslubiyoti.
7-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning maqsadi va vazifalari. (2 soat)
Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnolgiyalarini o’qitishning maqsadi va vazifalari.
8-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish shakllari va usullari. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’qitish shakllaridan foydalanish, ularning o’ziga xos xususiyatlari, belgilari va funksiyalari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning tashkiliy shakllari.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish uslublari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda interaktiv uslublardan foydalanish metodikasi.
9-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish natijalarini nazorat qilishning metodlari, shakli va turlari. (2 soat)
O’qitish natijalari nazoratining og’zaki metodlari. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish natijalarini mazmuni, maqsadi, ahamiyati. O’qitish natijalarining og’zaki metodlari. Frontal, nazoratli, suhbat, sinov. O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini eksperimental tekshirish. Yozma ishga baho qo’yish.
10-mavzu. Xalqaro baholash tadqiqotlari va uning mazmun-mohiyati. (2 soat)
PISA xalqaro baholash dasturi haqida asosiy tushunchalar. PISA topshiriqlari mazmuni. PISA topshiriqlarining amaliy axamiyati. Topshiriqda integrasiyani amalga oshirish. Mantiqiy-tanqidiy fikrlash asoslari. PISA xalqaro baholash dasturida aqliy faoliyat turlari. PISA xalqaro baholash dasturida “Miqdor”, “Ma’lumotlar va noaniqlilik” mazmun sohasiga oid topshiriqlar.
III. Amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
3.1. Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
O’quv jarayonini tashkil etish va didaktik tamoyillar. (2 soat)
Informatika o’qitish metodikasi fani va uni o’qitish tendensiyalari. (2 soat)
Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmunini tahlil qilish. (2 soat)
Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha elektron o’quv-metodik materiallar tayyorlash. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid o’rgatuvchi didaktik materiallar tayyorlash. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’yinli texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg’ulot topshiriqlarini tayyorlash. (2 soat)
Xalqaro baholash dasturlari va ularning qo’llanilishi. (2 soat)
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilam jihozlangan auditoriyada bir akadem guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
3.2. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.Fanlarni o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish. (2 soat)
2. Zamonaviy interaktiv texnologiyalar(elektron doska) bilan ishlash.Elektron doska yordamida amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish. (2 soat)
3.Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari ishini tashkillashtirish. (2 soat)
4.Informatika muvzulari bo‘yicha xar bir darsni rejalashtirish. Informatikadan dars taxlili. (2 soat)
5. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalarini fanlarini bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari uchun didaktik materiallar tayyorlash.(2 soat)
Labaratoriya mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilam jihozlangan auditoriyada bir akadem guruhga ikki professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
3.3. Seminar mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy ishlarni tayyorlash.(2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini tayyorlash.(2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan mashq qildiruvchi (trenajyorli) didaktik vositalar yaratish.(2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan interaktiv metodlar asosida dars ishlanmalari yaratish. (2 soat)
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish. (2 soat)
Seminar mashg’ulotlari kompyuter va multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
IV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
4.1. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Fanlarni o’qitish metodikasi tarixi.
O’qitishning didaktik tamoyillarini yaratish g’oyalari.
O’quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan tanishish.
O’qitishning dasturiy ta’minotiga oid materiallar bilan tanishish.
Zamonaviy o’qitish shakllari va uslublari.
Nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari.
O’qitishning zamonaviy vositalariga qo’yiladigan talablar.
O’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishga zamonaviy yondashuvlar.
Darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish ssenariylari bilan tanishish.
O’qitishning me’yoriy hujjatlari bilan tanishish.
O’quv jarayonini rejalashtirishga nisbatan yondashuvlar.
Zamonaviy dars va dars tahlilini o’tkazishga nisbatan yondashuvlar.
Informatika o’qitish metodikasi fan sifatida tarixi.
Axborotli jarayonlar bo’limini o’qitish metodikasi.
Kompyuter bilan tanishuv bo’limini o’qitish metodikasi.
Matn va grafik muharrirlari bo’limini o’qitish metodikasi.
Matn bilan ishlash dasturlari bo’limini o’qitish metodikasi.
Internetda ishlash asoslari bo’limini o’qitish metodikasi.
Axborot bo’limini o’qitish metodikasi.
Web-sahifa bo’limini o’qitish metodikasi.
Taqdimot slaydlarini yaratish bo’limini o’qitish metodikasi.
Zamonaviy kompyuterlar bo’limini o’qitish metodikasi.
V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalar
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Talaba bilishi kerak:
informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida tutgan o’rni va roli, informatika o’qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog’liqligi, informatika o’qitish metodikasi tarixi, informatika o’qitishning zamonaviy usul va vositalari, informatikaga oid internet, masofaviy ta’lim va Web-texnologiyalarga asoslangan tarmoq ta’lim resurslari, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalarning xususiyatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
informatika o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan integrasiyasi, informatikani o’qitishning zamonaviy shakl, usul, vositalari, ularning nazariy asoslari, umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida informatikani o’qitishning maqsadi, mazmuni va vazifalari, informatikani o’qitishning didaktik tamoyillari, informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda uning qismlari va boblariga xos xususiyatlari, informatikadan darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish, internet, masofaviy ta’lim va Web-texnologiyalardan foydalanish bilishi va ulardan foydalana olishi;
informatika o’qitishda zamonaviy usul va vositalarini qo’llay olish, informatika o’qitishda ilg’or metodik tajribalarni umumlashtira olish, informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha mustaqil ta’lim olishga o’quvchilarni yo’llash, informatikani o’qitishda o’quvchilarda axboriy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish, informatikadan o’quvchilar bilimini baholay olish, informatika darslari hamda tarbiyaviy ishlar bo’yicha talab qilingan barcha hujjatlarni yuritish, informatika va axborot texnologiyalari darslarini rejalashtirish, informatikani o’qitishda internet, masofaviy ta’lim va Web-texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
4.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keyslar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test topshirig‘ini bajarishlari lozim.
Joriy nazorat. Bu amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda mavzularga mos mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar asosida (shaklida) o‘tkaziladi va umumiy 30 ball bilan baholanadi.
Oraliq nazorat. Bu semestr davomida 2 marta o‘quv mashg‘ulotlar davomida, mustaqil ta’lim hisobga olinib, test shaklida o‘tkaziladi va umumiy 20 ball bilan baholanadi.
Oraliq va joriy nazorat uchun ajratilgan 50 ballning 60%ini (30 ball) to‘plagan talabalarga yakuniy nazorat topshirishga ruxsat beriladi.