OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
Ta’lim fakulteti
“Maktabgacha ta'lim” ta'lim yo'nalishi ish stajiga ega
bo'lgan mutaxassislar uchun sirtqi ta'lim” yo’nalishi
4-guruh talabasi Yo’ldashev Axrorjon Egamnazar o’g’lining
“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari”
fanidan
“Maktabgacha ta’lim sohasida dasturiy ta’minotlar”
mavzusida tayyorlagan
Qabul qildi:
______________
Tayyorladi:
______________
Qo‘qon 2023
Mavzu: Maktabgacha ta’lim sohasida dasturiy ta’minotlar.
REJA
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida AKT.
2. MTT da Zamonaviy dasturlarning ahamiyati.
3. MTT da dasturiy ta’minotlarning o’rni.
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida AKT
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarsiz
hech bir soha taraqqiyotini tasavvur qilib bo`lmaydi. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim
va tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyari imkoniyatlaridan keng
foydalanish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish eng dolzarb vazifalardandir. Mazkur
maqolada maktabgacha ta`lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda
tashkil etish, bolalarni sog’lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishda
ta‘lim samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati to`g’risida
fikr yuritilgan, shuningdek zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim
tashkiloti pedagoglari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari oldiga dolzarb
vazifalarni qo`yganligi yoritilgan.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan axborotlashtirish tizimi jamiyatimizning
barcha sohalari qatorida ta‘lim sohasini ham qamrab olmoqda. O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari
sohasini yanada yanada takaomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi 2018-yil
19-fevraldagi PF-5349 - sonli hamda 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli
O`zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmonlari shuningdek, “O`zbekiston Respublikasida
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini
tashkil etish to`g’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi 3549-sonli Qaroriga muvofiq
jamiyatimizning boshqa sohalarida bo`lganidek, maktabgacha ta‘lim sohasida ham
ta‘lim jarayonlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan keng
foydalanish ta‘lim sifatini ta‘minlovchi vositalardan biriga aylanmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘limning ilk bosqichi bo`lgan
maktabgacha ta‘lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta
mas’uliyat qo`yilishi bilan birga, ularning o`z ustida ishlab, AKT buyicha bilim
saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorligini talab
etadi. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon bo`ladi:
birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga
tayyorlash samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi
doirasi va dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual,
ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishi darajasining oshishi; ota-onalar bilan
maktabgacha ta‘lim tashkiloti hamkorligining yanad mustahkamlanishi va
qulaylikni ta’minlashi bilan afzaldir.
Dostları ilə paylaş: |